Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyalari” yo’nalishi 1-bosqich 89-21 guruh talabasi Ortig’aliyeva Muattaroyning “Bu mening onam” tanlovi uchun yozgan inshosi


Download 10.98 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi10.98 Kb.
#1504323
Bog'liq
Bu mening onam.(89-21)


Farg’ona Politexnika Instituti
Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyalari” yo’nalishi
1-bosqich 89-21 guruh talabasi
Ortig’aliyeva Muattaroyning
Bu mening onam” tanlovi uchun yozgan inshosi
Insho
Bu mening onam.
Reja:

  1. Dunyodagi eng ulug’ zot.

  2. Onalar oyog’i ostida jannat.

  3. Bu mening onam.

  4. Xulosa.

Ona meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Uy tomin boshqatdan yopib berardim.
Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan,
Asl matolardan topib berardim…

Ona… Bu so’zni aytish naqadar oson tog’rimi? Lekin bu so’zni tub ma’nosini anglab yetishga butun umrimiz ham ozlik qiladi. Bir kunimizni onalarsiz tasavvur qilolamizmi? Bir kunimizni “Ona” degan so’zni aytmasdan o’tkaza olamizmi? Albatta bu savollarga hech ikkilanmay “Yo’q” deya javob berasiz. Ona bu dunyodagi eng ulug’ zot. Nega? Nega shunday? Chunki onalarimiz bizni 9 oy yuragi ostida ko’tarib yuradi, tug’ilishimizni intizorlik bilan kutadi. Tug’ilganimizdan keyin esa o’zi yemay bizga yediradi, o’zi kiymay, bizga kiydiradi. Tunlarini bedor o’takazadi. Biz shu xizmatlarini haqqini ado qilyabmizmi? Yo’q. Biz Onalarimizdan bir umr qarzdormiz. Bir umr bosh egib tursak ham, bir kecha uyqusidan kechib, bizni beshigimizni tebratganchalik haqqini ado qilolmaymiz. Ona bo’lish dunyodagi eng katta baxt. Qaysi birimiz “Onamga biror marta ham ovozimni ko’tarmaganman” deb aytolamiz? Hech bo’lmaganda biror marta bo’lsa ham ovozmizni ko’targanmiz. Lekin onalarimiz tezda kechiradi bizni. Chunki bizni jonidan ortiq yaxshi ko’radi. Onalarimizni doimo qadrlashimiz kerak. Ularni hech qachon ranjitmasligimiz kerak. Bejizga vatanni ham Onaga qiyoslamaymiz. Vatan ham onamiz kabi bizni bag’rida o’sib,ulg’aytiradi.


Bolaligimizda, aniqrog‘i esimizni taniy boshlagan kezlarda bizga: "Onangni yaxshi ko‘rasanmi yoki otangni yaxshi ko‘rasanmi?", deb paydar-pay savol berishadi. Va tabiiyki, ko‘pchilik, “onamni”, deb javob beradi. Bu aslo otamni yomon ko‘raman, degani emas. Aksincha, bu onaga bo‘lgan mehr-muhabbatning yuksak ramzi, onaga bo‘lgan samimiyatning bebaho izhori ekanligini otalarimiz ham tushunadi. Onalarimizni yaxshi ko‘rishimiz, ardoqlashimiz va hurmat qilishimiz otalarimizga hech mahal og‘ir botmaydi. Chunki, otalarimizning ham onalari bor. Ular ham o‘z onalarini bizday qadrlab, bizday yaxshi ko‘rib biz kabi hurmat qilishiga ishonamiz.
Darhaqiqat, bu tabarruk so‘zni aytish yoki eshitish bilan yuragimizda bexosdan cheksiz mehr paydo bo‘ladi. Va har safar vujudimizda onaning munis va mehribon siymosi aks eta boshlaydi. Tomirlarimizda samimiyat va yaxshilik daryoday jo‘sh uradi. Ona, deyish bilan tilimiz ham, dilimiz ham beqiyos insoniy mehr-muhabbatga, ezgulikka to‘lib-toshib boraveradi. Jannatdan zarracha umidimiz bo’lsa onalarimizni rozi qilaylik!
Onam haqida ozgina aytib berishni lozim deb topdim. Garchi onajonim hozir meni samolardan kuzatayotgan bo’lsa ham, men onamni doimo oldimdadek his qilaman. Men onam bilan juda inoq edim. Judayam ko’p vaqtimizni birga o’tkazar edik. Onamni kulishini judayam zavq bilan tomosha qilardim. Onam har sohada juda ilg’or edi. Doimo kulib turardi, garchi yuragi ezilib ketgan bo’lsa ham. Men onamni ideal insonim sifatida ko’raman. Chunki onam juda sabrli, matonatli, mehnatkash va chiroyli ayol edi. Hali onamdek ayol bo’lishimga ancha yillar bor. Shunday bo’lsada, har qadamimda onamga o’xshashni judayam istayman. Men ishonaman onam doimo men bilan…
Xulosa o’rnida shuni aytamanki, onalarimizni asraylik bu dunyoda eng kuchli va eng zaif zot bu onalarimiz. Ular bizni ulg’aytirguncha o’zlari tamom bo’ladi. Shuning uchun ulg’ayganimizdan so’ng onalarimizni asrashimiz kerak. Har tongda bir marotaba “Sizni yaxshi ko’raman” deyishni odat tusiga kiritaylik. Onalarimizni umri uzoq bo’lsin.
Download 10.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling