Tabiiy va aniq fanlarga


Download 22 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi22 Kb.
#1249982
Bog'liq
Xatamova Munira G\'oyibnazarovn


Sonlarning bo'linish alomatlari.
Xatamova Munira G'oyibnazarovna " Tabiiy va aniq fanlarga " ixtisoslashtirilgan S,H.Sirojiddinov nomli Respublika akademik litseyi matematika o'qituvchisi
Anotatsiya:Ushbu maqolada sonlarning bo'linish alomatlari haqida hamda bo'linish alomatlariga ta'rif berilgan.
Kalit so'zlar:Bo'linish alomati,2,3,4,5,6,7 bo'linish alomatlari,alomatlar.
Boʻlinishlik — biror sonning ikkinchi biror songa boʻlina olishligi. Agar butun sonni butun songa boʻlishdan hosil boʻlgan boʻlinma ham butun son boʻlsa, a soni b soniga qoldiqsiz boʻlinadi deyiladi. Bunda arifmetikaning quyidagi asosiy teoremasi oʻrinlidir: har qanday birdan katta natural son yagona usulda tub sonlar koʻpaytmasiga yoyiladi.
Boʻlinish alomatlari — sonlarni biron son ga qoldiqsiz boʻlinishini, nisbatan tezroq topishqa yoʻl beradi gan qoidalardir.
2 ga boʻlinish alomati — oxirgi raqami juft son.
3 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 3 ga boʻlinishi kerak.
4 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi ikki raqami 00 bilan yoki 4 ga bo'linuvchi son boʻlinishi kerak.
5 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqami 5 ga boʻlinishi kerak.
6 ga boʻlinish alomati — son 2 ga va hamda 3 ga boʻlinishi kerak.
7 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi raqamini 2lan ganidan oldingisini ayir ganimiz 7 ga boʻlinishi kerak. Masalan: {147:14-2*7=0}{ 147:14-2*7=0}. 0 soni 7 soniga boʻlinadi, demak 147 soni ham 7 soniga boʻlinadi.
8 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi uchta raqami 8 ga boʻlinishi kerak.
9 ga boʻlinish alomati — sonning raqamlar yigʻindisi 9 ga boʻlinishi kerak. Masalan: { 2880:2+8+8+0=18}{2880:2+8+8+0=18}.
10 bo'linish alomati - Agarda sonning oxirgi cifri 0 bilan tugasa demak bu son o'nga bo'linadi. Masalan:
230 bu son 10 ga bo'linadi 230:10=23
11 ga boʻlinish alomati — toq oʻrindagi raqamlar yigʻindisi bilan juft oʻrindagi raqamlar yigʻindisining ayirmasi 0 boʻlishi yoki 11 ga boʻlinishi kerak. Masalan, 9873424 soni uchun: {(9+7+4+4)-(8+3+2)=11}{(9+7+4+4)-(8+3+2)=11}.
12 ga bo'linish alomati - Agarda son bir vaqtta 3 va 4 ga bo'linsa berilgan son 12 ga bo'linadi. Masalan:
1200 soni 12ga bo'linadi. 1+2+0+0=3 ; 00 bilan tamomlangan son 4 ga hamma vaqt bo'linadi.
13 ga bo'linish alomati -
Hohlagan sonning boshidagi 2 songa oxidagi sonlarni olamiz va ayirmaga 13 ni bo'lamiz. Masalan: 18516 soni 13ga qoldiqsiz bo'linmaydi. 516-18=498 498÷13=38.4
14 bo'linish alomati -
Agarda son bir vaqtta 7 va 2ga bo'linsa berilgan son 14ga bo'linadi.
15 bo'linish alomati -
Agarda son bir vaqtta 3 va 5ga bo'linsa berilgan son 15 ga bo'linadi.
16 bo'linish alomati -
Agar natural son oxirgi 4 sifri 0000 yoki oxirgi 4 cifridan yasalgan son 16 ga bo'linadi, berilgan son 16ga bo'linadi.
17 ga bo'linish alomati -
Sonning oxirgi sifrin 5 ga ko'paytiramiz va oldindagi sifrlardan olamiz. Masalan: 1003= 100-(5×3)= 85 85÷17=5
18 ga bo'linish alomati -
Agarda son bir vaqtta 2 va 9 ga bo'linsa berilgan son 18ga bo'linadi.
19 ga boʻlinish qoidasi — sonning oxirgi raqamini 2 ga qo'shish oldindagi songa qo'shamiz. Masalan:
1691= 169 + (1×2) = 171 171 = 17 + (2×1) = 19 19:19= 1
20 ga bo'linish alomati -
Agarda son bir vaqtta 4 va 5 ga bo'linsa berilgan son 20ga bo'linadi.
21 ga bo'linish alomati -
Agar son bir vaqtta 7 va 3 ga bo'linsa berilgan son 21 ga bo'linadi. Masalan: 441 soni 21 ga bo'linadi; 4+4+1= 9 1×2 = 2 44-2=42 L 42÷21=2
22 ga bo'linish alomati -
Agarda son 2 va 11 ga qoldiqsiz bo'linsa berilgan son 22 ga bo'linadi.23 ga bo'linish alomati
-Berilgan sonning oxiridagi sonni 7 ga ko'paytiramiz va oldindagi songa qo'shamiz. Masalan: 529 52+(9×7)=115 11+(5×7)=46 46÷23=2
24 ga bo'linish alomati -
Agarda natural son but vaqtta 8 va 3 ga bo'linsa berilgan son 24ga teng bo'ldi.
25 ga boʻlinish alomati — sonning oxirgi ikki raqami 25ga bo'linishi kerak.
Xulosa qilib aytganda Ushbu maqolada sonlarning bo'linish alomatlari xamda bo'linishlik xaqida ma'lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Boʻlinishlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling