56
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
X SINF
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT
(JAHON IQTISODIY-IJTIMOIY GEOGRAFIYASI. JAHON IQTISODIYOTI
ASOSLARI)
I
bo‘lim. JAHONNING UMUMIY TAVSIFI
(25 soat)
I bob. JAHONNING SIYOSIY XARITASI
(4 soat)
Jahonning siyosiy xaritasi. Jahon siyosiy xaritasi tushunchasi.
Hozirgi vaqtdagi jahon siyosiy xaritasidagi davlatlar soni, ularning maydoni
bo‘yicha eng yirik va eng kichiklari. Davlatlarning geografik o‘rni
jihatidan
tasniflanishi
– orol, yarimorol, dengizbo‘yi, ichki kontinental mamlakatlar.
Jahon siyosiy xaritasida oxirgi 25-30
yildagi
o‘zgarishlar - Sobiq Ittifoq va
Yugoslaviyaning
parchalanishi,
Chexoslovakiyaning
bo‘linishi,
Germaniyaning
birlashishi, Eritreya,
Sharqiy Timor, Janubiy Sudanning
mustaqillikka erishishi.
Mamlakatlarning
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Makroiqtisodiyot va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
haqida umumiy
tushuncha. Yalpi ichki mahsulot (YaIM). Yalpi milly mahsulot (YaMM). YaIM
hamda YaMM orasidagi bog‘liqlik. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal
va real qiymatlari.
Iqtisodiy o’sish.
Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi
bo‘yicha tasnifi.
Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan tasniflash mezonlari.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, ularning asosiy guruhlari.
O‘tish
iqtisodiyotidagi davlatlar.
Mamlakatlarning
boshqaruv
shakli
va
davlat
tuzilishi.
Mamlakatlarning boshqaruv
shakli va davlat tuzilishi
bo‘yicha tasniflanishi.
Respublika va monarxiya davlatlari, ularning tiplari.
Unitar va federativ
davlatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: