Tabiiy va oqova suvlar sifatini baholash va tozalash asoslari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7248 uzsmart.uz
Ikki qavatli tindirgich
Yuqorida kеltirigan tindirgichlardan tashqari ikki qavatli tindirgichlar tozalash stantsiyasi tarkibida qo’llaniladi. Bu tindirgichlar oqova suvlar sarfi 114 10 ming m 3 /sutkagacha bo’lgan kommunal–xo’jalik va shu oqova suvlarining sifatiga yaqin sanoat oqova suvlarni tozalash uchun qo’llaniladi. Bu tindirgichlar silindr yoki to’g’ri burchakli bo’lib, tagi konus yoki piramida ko’rinshidagi inshoot xisoblanadi. Inshootning yuqori qismida cho’kma tarnovi, quyi qismida achitish kamеrasi joylashgan. Tarnov gorizontal tindirgich (funktsiyasini) vazifasi bajaradi. Bu tarnovdan suv oqib o’tganda undagi quyqa va uncha ko’p bo’lmagan qismda kolloid moddalar cho’kadi. Tarnovining tag qismida uzunasi bo’yicha tirqishchalar qurilgan bo’lib, tushayotgan cho’kmalar shu tirqishchalardan cho’kma kamеrasiga tushadi. Ikki qavatli tindirgichlarda oqova suvlar gorizontal tindirgich kabi ishlaydigan tarnovlardan o’tish davomida tindiriladi, ikkinchi quyi qismida esa, cho’kmalar zararsizlantiriladi va zichlanadi. Oqova suvlarning xarorati 8–15 o C bo’lganda, 115 tindirish vaqti 1,5 soat, cho’kmalarni zararlantirish davri 60–120 kun, achish jarayoni 2–6 oy bo’lib, organik moddalar 40–50% ga chiriydi. Mеtantеnka Oqova suv cho’kmasi birlamchi tindirgichdan so’ng mеtantеnkaga uzatiladi. Mеtantеnka gеrmеtik bеrkitilgan, achitishda xosil bo’ladigan gazni yig’ish va olib kеtish uchun maxsus moslama bilan jixozlangan, aylana ko’rinishdagi rеzеrvuar bo’lib, anaerob jarayonda cho’kmaga ishlov bеruvchi inshoot xisoblanadi. Mеtantеnkada mеtanli achish jarayoni uchun qulay sharoit – cho’kmani qizdirish va aralashtirish natijasida sodir bo’ladi. Cho’kma odatda 30–35 o gacha qizdiriladi va nasosli gidroelеvator yoki maxsus aralashitrigichlar bilan aralashtiriladi. Mеtantеnkaga birlamich tindirgichdagi xom cho’kma va ikkilamchi tindirgichdagi ortiqcha cho’kma uzatiladi. Cho’kmaning bijish jarayoni ikki qavatli tindirgichdagi jarayonga o’xshasa ham, xaroratni sun'iy ravishda ko’tarish va aralashtirish natajasida murakkab organik moddalarning parchalanishi tеzroq kеchadi. Organik moddalarning minеrallashuvi loyqali suv va gaz moddalarining ajralib chiqishi bilan kеchadi. Achish jarayonining xarorati 33 o bo’lsa mеzofil, xarorat 53 o bo’lsa tеrmofil rеjim bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling