Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar va ularning ayrim xossalari


Download 0.82 Mb.
bet4/7
Sana10.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1256569
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo

II Bob. Tajribalar qismi
2.1. Кarboksimetilsellyuloza olish usuli
. 1. Sellyuloza 5%-li NaON eritmasi bilan ishlangandan so’ng 3 karra massasiga nisbatan siqildi va Verner hamda Pfleyderer maydalagichida maydalab 30 minut davomida, 313 K temperaturada monoxlorsirka kislotaning natriyli tuzi ta’sir ettirildi. Shundan so’ng yopiq idishda stastionar holatda 24 soat davomida 295 K temperaturada saqlandi. Bu oraliq vaqtida sellyulozaning ishqoriy-oksidlovchi destruksiyasi sodir bo’ladi ya’ni polimerlanish darajasi 1200 dan 300—400 gacha pasayadi hamda namunalarning suvda eruvchanligi yaxsxilanadi.
2. Havoda quritilgan sellyuloza 313 K temperaturada 18% li natriy gidroksid eritmasidagi monoxlorsirka kislotaning natriyli tuzi bilan ishlandi. Ishqoriy-oksidlovchi destruksiya yuqoridagi usul orqali amalga oshirildi.
3. Sellyulozani merserizirlash 18%-li NaON eritmasida olib borildi. Massaga nisbatan 5 karra siqilgan mahsulot Byuxner voronkasida ortiqcha ishqor va suvdan tozalash uchun propanolda yuvildi. Shundan so’ng maydalagichga joylashtirildi. Maydalagichda 10 minut maydalangandan keyin monoxlorsirka kislotaning natriyli tuzi quruq holatda ta’sir ettirildi. Reaksiya doimiy haroratda olib borildi. KMS namunalarini yuvish har bir holatda maxsus apparatda 70%-li etanolda amalga oshirildi. Sokslet apparatida natriy gidroksidga fenoftalein bo’yicha manfiy reaksiyaga qadar va xlor ionlariga kumush nitrat eritmasi bo’yicha olindi.

2.2. Karboksimetilsellyuloza olishning konversion usuli
Kerakli reaktivlar: Texnik Na-KMS 85/810, sirka kislotasi 88% x/ch, xlorid kislota 36% x/ch, nitrat kislota 63% x/ch, sulfat kislota 92% x/ch, fosfat kislota 85% x/ch, distillangan suv, etil spirti 94% texnik, natriy gidroksid x/ch.
Yuqori darajada tozalangan KMS olish uchun dastlab texnik Na-KMS namunalari mineral kislotalar bilan ishlov berildi. Natijada kislota ta’sirida suvda eruvchan texnik Na-KMS suvda erimaydigan Н-KMS shakliga o‘tadi. Shu bilan birga tarkibidagi og‘ir metall va ularning tuzlari suvda eruvchan holatga o‘tishi natijasida ularni texnik KMS takibidan yuvish orqali tozalash mumkin bo‘ladi. Olingan namunani suv bilan yuvish orqali barcha tuzlardan to‘liq tozalanadi. Yuqori tozalikdagi Н-KMS keyingi bosqichda 4% li ishqor eritmasi yordamida ishlanib suvda eriydigan Na-KMS shakliga o‘tkazildi.
Xlorid va fosfat kislotalarning 30% li eritmasi Na-KMS ga ta’sir ettirilganda tegishli ravishda moddaning geli hosil bo‘ldi. Xuddi shu reaksiya nitrat va sirka kislotalarning maksimal konsentratsiyalari ishtirokida olib borilganda olingan mahsulot to‘liq gel holatiga o‘tishi aniqlandi. Sulfat kislotaning 20% li eritmasida mahsulot to‘liq suvda erimaydigan holatga o‘tishi kuzatildi.
Olingan kislota xossasiga ega bo‘lgan KMS tarkibidagi barcha tuzlardan va ortiqcha kislotadan neytral holatga kelguncha bir necha bor distillangan suvda yuvildi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida tozalangan, suvda erimaydigan Н-KMS namunasini ishqorning 4% li spirtli eritmasi yordamida 120 daqiqada suvda eruvchan Na-KMS shakliga o‘tkazildi.
Texnik KMS asosida olingan tozalangan namunaning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda taqqoslangan holatda keltirilgan.



Dastlabki texnik Na-KMS namunasining ko‘rsatkichlari

Konversion usulda tozalangan KMS namunasining ko‘rsatkichlari

AD

PD

Tozalik daraj.%

рН

Kul miq.%

AD

PD

Tozalik daraj.%

рН

Kul miq.%

0,85

810

53,0

11,2

10,4

0,82

600

100

8,3

2,1




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling