«Burchoqdoshlar oilasi» mavzusining texnologik kartasi
O`quvchilar uddalashlari kerak
|
O`quvchilar burchoqdoshlar oilasining asosiy morfologik, sistematik belgilari, vakillarining tarqalishi, ko`payishi va ahamiyati haqidagi avvalgi bilimlarini esga tushirishi, bu bilimlarini yangi o`rganiladigan mavzuga bog`lay olishi, darslik matni va undagi rasmlardan oila vakillarini tanib, sistematik tasniflay olishi, ularning gul formulalarini, ahamiyatini o`rganib olishlari zarur. Oila vakillarining anatomik va morfologik belgi-xususiyatlarini idrok qilishi, gul formulalarini, diagrammalarini jadvallardan ko`rsatib berishlari, boshqa oila vakillarining tuzilishlariga nisbatan o`xshashlik va farqlarini ko`rsatib bera olishlari zarur. Darslik va o`quv jadvallardan burchoqdoshlarning tashqi, ichki tuzilish xususiyatlarini ko`rsatib berish kabilarni uddalashlari talab etiladi.
|
Hosil qilinishi lozim bo`lgan umumta`lim va maxsus malaka, ko`nikmalar
|
Burchoqdoshlarning anatomo-morfologik tuzilishlariga ta`rif berish, aniqlagichdan foydalangan holda gerbariylardan o`simlik turlarini aniqlay olish. Jadval va rasmlardan foydalanib oila vakillariga sistematik tasnif berish.
|
Pedagogik texnologiya
|
Modul tizimidan foydalanish.
|
Bilim va malakalarni hisobga olish
|
O`quvchi o`z bilimini berilgan topshiriqlarni qay darajada to`g`ri hal etganligiga qarab baholaydi. O`quvchilar mustaqil ishlarini o`qituvchi bergan to`g`ri javoblarga taqqoslab, to`g`ri javoblar nisbati bo`yicha o`z ishini baholaydi.
|
Tuzilgan texnologik karta asosida esa o`rganiladigan dars mavzusining modul tizimi bo`yicha reja tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |