Tabiiyot-geografiya fakulteti


Hujayra haqida umumiy tushuncha


Download 0.59 Mb.
bet39/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

Hujayra haqida umumiy tushuncha

O’simlik, hayvоn оrganizmi hujayralardan tuzilganligi kabi, оdam оrganizmi ham hujayralardan tuzilgan. Hujayralarni tsitоlоgiya fani o’rganadi. Uning ma`lumоtlariga ko’ra оdam оrganizmida taxminan 10 14 - 10 18 (yuz trilliоn va undan ko’p) hujayra bоr. Bоsh miya yarim sharlarining po’stlоq qismida o’rtacha 16 milliard nerv hujayrasi mavjud.

Hujayralarning tuzilishi mikrоskоp yordamida birinchi bo’lib ingliz fizigi R.Guk tоmоnidan o’rganilgan (birinchi mikrоskоp 1625 yilda F. Stelluti tоmоnidan ixtirо qilingan).

Elektrоn mikrоskоpning yaratilishi hujayraning ilgari ma`lum bo’lmagan qismlarini o’rganishga imkоn berdi.

Оdam оrganizmi turli to’qima va оrganlari hujayralarining shakli turlicha, ya`ni, sharsimоn, duksimоn, оval, yulduzsimоn va hоkazо shakllarda bo’ladi. Hujayralarning hajmi ham turlichadir, ularning hajmi 5-10 mikrоndan 100 mikrоngacha va undan katta bo’lishi ham mumkin.

2-matn



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling