Tabiy resurslardan foydalanishning ekologik ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari


Suv resurslari, chuchuk suv maummosi


Download 52.43 Kb.
bet10/11
Sana07.03.2023
Hajmi52.43 Kb.
#1244996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мuxtorov kurs ishi.doc (Автосохраненный)

2.3 Suv resurslari, chuchuk suv maummosi.
Yaqindagina suv ham havo kabi tabiatning tekin inomlaridan biri hisoblanar edi. Faqat obikor dehqonchilik joylardagina suv hamma vaqt yuqori baholanib kelingan. Keyingi vaqtlarda quruqlikdagi suv resurslariga munosabat o'zgardi. Bunga sabab shuki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga, chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Grenlandiya muzliklariga, Arktika muzlari, tog' muzliklariga jamlab qo'yilgan, hozircha ulardan amalda foydalanib bo'lmaydi.
Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydigan manba daryolar bo'lib uning miqdori bor-o'g'i 47 ming km.kubga teng. Chuchuk suvni ishlatish tobora ortib bormoqda, 2000 yilga borib yiliga 5 ming km.kubdan oshib ketdi. 1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv eng ko'p qishloq xo'jaligida sarf bo'ladi. Qishloq xo'jaligida ayniqsa obikor dehqonchilikda ishlatilgan suv resurslari asosiy o'rniga qaytmaydi. Daryolar suv resurslari o'zgarmagan holda suvdan foydalanishning bunday o'sib borish tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi.
Yer yuzida chuchuk suv notekis taqsimlangan. Ekvatorial mintaqa va mo'tadilning shimoliy qismida chuchuk suv yetarli va hatto ortiqcha ham. Bu joylarda suvga eng serob mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga yiliga 25000 km.kubdan ortiq suv to'g'ri keladi. Quruqlikning 1/3 qismini tashkil etgan qurg'oqchil mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin seziladi. Bu yerda suvga kambag'al mamlakatlar joylashgan. Ulardan kishi boshiga 5 ming m.kubdan kam suv to'g'ri keladi. Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo'llari mavjud. Bu yo'llardan asosiysi aftidan ishlab chiqarish jarayonlarining suvga nisbatan talabini kamaytirish va suv isrofgarchiligini qisartirishdir. Daryolar oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda hammasi bo'lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub bo'lgan 30 mingdan ortiq suv ombori bunyod etilgan. Bunga suv yer kurrasi daryolarida bir vaqtda mavjud bo'lgan 3,5 barobar ko'pdir. Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming km.kv dan ortiq yoki Azov dengizi maydonidan 10 barobar katta. Katta suv omborlarining ko'pligi bilan AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi.
AQSH, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Misr va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda katta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq keyingi paytlarda bir daryo xavzasidan boshqa daryo xavzasiga oqizish yuzasidan tuzilgan yirik loyihalar iqtisodiy va tabiiy muhofazasi mulohazalari sababli bekor qilindi. Fors qo'ltig'i, O rta dengiz bo'ylaridagi mamlakatlarda, Turkmanistonda, Kaspiy dengizida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Karip dengizi orollarida dengiz suvini chuchitish amlga oshirilyapti, dunyo bo'yicha Quvaytda eng ko'p suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho'zilgan quvurlar orqali yuboriladi.
Ma'lumki, daryo suvidan elektr energiya olishda foydalaniladi. Jahonning foydalanish mumkin bo'lgan gidroenergetika zaxirasi 10 trln kvt.st elektr- energiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. Bu gidroenergetika zahirasining 1/2 qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to'g'ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Barziliya.
2.4 Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi.
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.
► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.
► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xulosa
Хulosa qilib shuni aytish mumkinki, respublikamizda ham ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy boyliklardan (er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona foydalanish, Ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish, Hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash, ko’paytirish, hamda Muhofaza qilishni taqazo etmoqda.
Tabiatdan foydalanish murakkab jarayon. Bu borada uning komponentlarini O’zaro bir-biri bilan bog’liqligi, ta’siri va majmualigini hamda shu jihatdan Landshaft komplekslarining vujudga kelishida qatnashishini aniq hisobga olish Zarur. Mutaxassislar tabiat va uning resurslarini xo’jalik muomalasiga kiritish Jarayonini va umuman tabiatdan foydalanishni turli aspektlarda tahlil qilib, turlicha Fikrlarga kelishgan. respublikamizda tabiatdan foydalanish o’ziga xos hududiy, Mahalliy, nuqtali xususiyatlarga egaki, darhaqiqat bu jarayon uning viloyatlari va
Turli hududlarida farq qilishi aniqlangan, bu borada landshaft-balandlik mintaqalari Xususiyatlarini e’tiborga olish ustuvor ahamiyatga ega. Chunki turli balandliklarda Joylashgan hududlar tabiiy sharoitiga muvofiq ma’lum xo’jalik tarmoqlarini Rivojlantirish uchun qulay.
Yurtimizda ham ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy Boyliklardan (er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona
Foydalanish, ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini tsar tomonlama Oshirib borish, hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash, Ko’paytirish, hamda muhofaza qilishni taqazo etadi. Shu jihatdan Farg’ona Vodiysi hududidagi ekologik vaziyat turg’un bo’lmay, mintaqalar bo’yisha Farqlanishi va o’zgarishlarga ushrashi, bu o’zgarishlar antropogen ta’sirga Bog’liqligini hisobga olib uzoq yillik maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va
Amaliy tadqiqotlarni o’tkazishni talab etadi.

Download 52.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling