«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
Download 1.37 Mb.
|
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika
«Qanday?» iyerarxik diagrammasi – Muammoni yechishning usul va vositalari (loyiha) bu yerda belgisi “qanday” savoliga javob berishi kerak.
Sanoat tarmoqlari joylashuvida ta’sir etuvchi omillari
Qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvi (ichki) Kо‘pgina hollarda muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi tо‘g‘risida о‘ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda “buni qanday qilish kerak?”, “qanday” asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bо‘ladi. “Qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi:
muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yо‘llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bо‘ysunadigan g‘oyalar tuzilmasini aniqlaydilar. O’quvchilar diagrammani strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning rо‘yxatiga mos keladi. Barcha g‘oyalarni о‘ylab о‘tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak; Diagramma hech qachon tugallangan bо‘lmaydi: unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin; Agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bо‘lishi mumkin; Yangi g‘oyalarni grafik kо‘rinishda: daraxt yoki kaskad kо‘rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan о‘ngda qayd qilinishini o’quvchilarning о‘zi hal etadi; Agarda o’quvchi о‘ziga tо‘g‘ri deb bilgan javobni va uning rivojlanish yо‘nalishini namoyon bо‘lishida ishonchni saqlasa, diagramma har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishni kafolatlaydi. Guruhlar topshiriqlarni belgilangan vaqt ichida bajarib, bo’lishgach, har bir guruhdan guruh a’zolari tamoni kelishuviga asoslanib, bitta o’quvchi chiqib, o’z guruhi bilan hamkorlikda bajargan topshiriqlarini taqdimot qilishadi. Taqdimotdan so’ng raqib guruhlar javoblariga qo’shimcha yoki, kamchiliklarni ko’rsatuvchi oquvchilar bo’lsa o’qituvchi tamonidan ularga navbat berilib, oxirida natijalarning qay darajada to’g’ri yo’ki noaniqligi aytib baholanadi. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanidan olib boriladigan dars jarayonida yuqorida keltirib o’tilgan ta’lim texnologiyalarini qo’llash o’qituvchining ish tajribasiga, malaka va ko’nikmalariga bog’liq bo’lib, ulardan foydalanish o’quvchilarni mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi hamda takomillashtiradi. Bu borada o’qituvchilardan doimiy o’z ustida izlanishlar olib borish talab etiladi. Shundagina ta’lim jarayoni orqali Vatan oldidagi burch va ma’suliyatni chuqur idrok etuvchi, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish mumkin Xulosa
Janubiy O’zbekistonning tog’ mintaqasida joylashgan Qorabo’yin, Zarabog’, Ammog’on kabi shahar joylari asosan rekreatsiya va farmatsevtika sanoati ob’ektlariga boy. Tog’ oldi mintaqasi shaharlari asosan qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati, tekislik mintaqasi shaharlari taraqqiyotida esa mineral tabiiy resurslar va ularni qayta ishlash, shuningdek, yirik zaxiraga ega paxta xom ashyosi asosida yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim o’rin tutadi. Mintaqada mavjud qazilma boyliklar, qishloq xo’jaligi xom ashyosi, agroiqlimiy va mehnat resurslaridan to’liq va samarali foydalanish talab qilinadi. Bunda Buxoro-Qarshi-Qumqo’rg’on temir yo’l koridoridan samarali foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga ega va aynan shu yo’l bo’yida kelajakda yirik urbanistik tizimlar shakllanadi. Qashqadaryo viloyatining boy yoqilg’i-energetika, Surxondaryo viloyatining qulay agroiqlimiy resurslaridan samarali foydalanish, meva-konserva, to’qimachilik korxonalarini vujudga keltirish ushbu hududlarning o’zaro integratsiyalashgan holda, yagona iqtisodiy makon sifatida rivojlanishiga olib keladi. O’zbekistonda urbanizatsiyaning innovatsiya va industriya asosida rivojlanib borishi ham ob’ektiv holat, ham zaruriyatdir. Mazkur jarayonning ob’ektivligi uning qaytarilmasligi, barcha mamlakat va mintaqalarga xosligi, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, zaruriyati esa respublikamizda yer, xususan suv resurslarining tanqisligi, aholi bandligi va uning yashash darajasini yaxshilash, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni mustahkamlash bilan asoslanadi. SHu bois, shaharlar rivojlanishi, urbanizatsiya omillari va xususiyatlarini o’rganish, ushbu jarayonning salbiy jihatlarini oldini olgan holda uni boshqarish, uzoq muddatli rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling