Tabla va setor cholg’usi haqida “O‘zbek musiqasi tarixi” fanidan Tabla cholg’usi - Tabla (arab, tabl — urma cholgʻu) — hind urma musiqa cholgʻusi. Ikkita — odatda kattaroq (past tovushli) dayyan hamda kichikroq (yuqori tovushli) bayyan deb ataluvchi nogʻorachalardan iborat. Yogʻoch, sopol yoki misdan ishlangan kosaxonalari 2 qatlamli teri bilan qoplanadi. Ijrodan avval bular terisi ustiga un, temir qirindisi va yelim aralashmasidan tayyorlangan maxsus kukun suriladi. Ijrochi T.ni qoʻl barmoqlari va kaftlar bilan urib, turli usullar chaladi. Tabla yakkanavoz hamda turli mumtoz musiqa (jumladan, Raga) ansambllarida asosiy joʻrnavoz cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi.
Tabla – dayyan va bayyan Setor cholg’usi - Setor — lyutnya tipidagi torli cholgʻu asbobi, hind klassik musiqasini ijro etish uchun ishlatiladi. Setorning yettita asosiy torlari bor: beshta melodik va ikkita qo’shimcha. Bundan tashqari, setorda yana 9-13 ta rezonator torlar mavjud bo'lib, ular “taraf” deb ataladi. Sado beruvchi torlar, asosiylarining tovushlariga javob berib, setorni boshqa asboblardan ajratib turadigan o'ziga xos tovushni yaratadi. Tovushlar ko'rsatkich barmog'iga taqiladigan "mezrob" deb nomlangan maxsus vosita yordamida hosil qilinadi.
- Hind setori XIII asrda musulmonlar ta’sirida paydo bo’lgani aytiladi. Dastlab u tojik setori (tanbursimon cholg’u) singari uch torli bo’lgan (setor – uch tor ma’nosini beradi). Ammo keyinchalik u bugungi ko’rinishda bizgacha yetib keldi.
- Setor paydo boʻlgunga qadar Hindiston xalqlari eramizning 2—3-asrlariga oid qadimiy barelyeflarda tasvirlari saqlanib qolgan qadimiy torli cholgʻu asbobini chalgan.
Qiziqarli ma’lumot - Setor birinchi marta rok musiqasida Jorj Xarrison tomonidan The Beatles guruhining 1965 yilda Rubber Soul albomida yozilgan "Norwegian Wood (This Bird Has Flown)" qo'shig'ida ishlatilgan
- Havola: https://youtu.be/fRVLMiuO3kc?si=Mr0XeXcpck5eTEfY
Setor E’tiboringiz uchun rahmat! Tayyorlovchi: Bastakorlik san’ati 1-kurs talabasi Xalimov Axror
Do'stlaringiz bilan baham: |