Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili
Download 464.5 Kb.
|
Avto taqriz 4
Qarshi muhandislik iqtisodiyit instituti tadqiqotchisi Allanazorov Muxiddin Xayitovichning “Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili” mavzusidagi 09.00.03 - Falsafa tarixi ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga TAQRIZ Jahonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini mustahkamlashda diniy bag‘rikenglik, plyuralistik tamoyillar va diniy-irfoniy qarashlar negizida shakllangan g‘oyalarning insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida ilgari surilgan olamni bilish, ma’rifatini anglash, insonni tushunish, aql, qalb va shariat mezonlari xususidagi falsafiy qarashlarni zamonaviy bilimlar bilan uyg‘unlashtirish, bilim mezonlariga amal qilish va vorisiylik tamoyillariga tayanishni talab etadi. Shu ma’noda, alloma Tabotaboiy falsafiy-irfoniy merosidagi ontologik, gnoseologik, teologik va aksiologik masalalarning integratsiyalashuvi va o‘zaro transformatsiyalashuvi jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sharq va G‘arb falsafasida, dunyoqarashlarida har doim va barcha davrlarda biroz tafovut bo‘lib kelganligi hisobga olinsa, ular o‘rtasidagi nomutanosibliklarni ochib berish dolzarb muammolardan biri. Tabotaboiyning bu borada qilgan ishlaridan ayniqsa, gnoseologik qarashlarida ilgari surgan g‘oyalari diqqatga sazavordir. Undan tashqari, ilohiyotshunoslikka doir qarashlarida Tabotaboiy G‘arb ilohiyotshunosligidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarni yaqqol oshkor etib tashlagan. Bu o‘z navbatida, ikki qutb falsafasidagi o‘rganilishi zarur bo‘lgan yangi muammolarni yuzaga chiqaradi. Allomaning G‘arb falsafasiga munosabati yuqoridagi muammolarga yechim topish va ularni kengroq tadqiq etish imkoniyatini yaratadi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tadqiqotchi Allanazorov Muxiddin Xayitovichning “Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili” mavzuidagi tadqiqot ishi dolzarb mavzuga bag‘ishlangan. Dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilingan, dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilib, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Tabotaboiy qarashlarini falsafiy-konseptual tahlil qilishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanadi. Unda Tabotaboiy qarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, ijtimoiy muhit, siyosiy vaziyat hamda ilmiy-falsafiy qarashlarining nazariy asoslari tadqiq etilgan. Alloma Tabotaboiy asarlarning qisqacha tavsifida sof falsafiy masalalarga bag‘ishlangan “Bidoyat ul-hikma” (Boshlang‘ich falsafa, Falsafaga kirish), “Nihoyat ul-hikma” (To‘liq falsafa kursi), “Usule falsafa va ravishe rialism” (Falsafa asoslari va realizm metodi), “al-Mezon” kabi asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar tahlil etilgan bo‘lsa, diniy-falsafiy ruhdagi “Islomda Qur’on”, “Vahiy, yoki sirli shuur”, “Islom va bugungi dunyo kishisi”, “Majmuati muzokirot bo pro‘fesur Honri Karbo‘n” (Professor Anri Karbon bilan suhbatlar to‘plami), “Barrasihoyi islomiy” (Islomiy tadqiqotlar), “Omuzishi din” (Din ta’limi), “Risolayi quvva va fe’l” (Kuch va harakat to‘g‘risida risola), “Risolae dar isboti zot” (Zotning isboti to‘g‘risida risola), “Risolae dar sifot” (Xudoning sifatlari to‘g‘risida risola), “Risolae dar af’oli Xudo ta’olo” (Xudoning fe’llari to‘g‘risida risola), “Lubbul-lubob” (Saylanma), “Ravobiti ijtimo‘i dar islom” (Islomda ijtimoiy munosabatlar) kabi asarlari tavsiflangan. Ilmiy ishning ikkinchi bobi “Tabotaboiy qarashlarining diniy, falsafiy, metodologik va konseptual tahlili” deb nomlangan bo‘lib, mazkur bobda Tabotaboiy qarashlarida teologik va falsafiy bilish uslublari, o‘zaro ta’sirlashuv, sintezlashuv hamda dialektik materializmning tanqidiy tahlili amalga oshirilgan. Dissertatsiyaning “Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda Tabotaboiy falsafiy-konseptual qarashlarining o‘rni va ahamiyati” nomli uchinchi bobida zamonaviy falsafiy ilohiyotshunoslik muammolarini tadqiq etishda Tabotaboiy bilish nazariyasining o‘rni hamda mutafakkirning gnoseologik va teologik qarashlari tizimini hozirgi zamonga transformatsiyalash vazifalari tahlil etilgan. Dissertatsiyaning xulosa qismida esa, olib borilgan tadqiqot ishlaridan tegishili ilmiy xulosalar chiqarilgan hamda xulosalar asosida ijtimoiy-falsafiy jihatdan foydali bo’lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytganda, Qarshi muhandislik iqtisodiyit instituti tadqiqotchisi Allanazorov Muxiddin Xayitovichning “Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili” mavzusidagi 09.00.03 - Falsafa tarixi ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatini rasmiylashtirish uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi. Tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi, tadqiqotchini falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman. Download 464.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling