Tadbirkor tomonidan talabnomaga javob bermaslik oqibatlari nimalarga olib keladi? Javobingizni asoslang


Download 18.77 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1379210
Bog'liq
Imomov Sh - Oraliq


Kazus 3.
''Elif'' MCHJ (Sotib oluvchi) va ''Anor Trade" MCHJ (Sotuvchi) o'rtasida 2022-yil 30-iyunda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga muvofiq, Sotuvchi sut mahsulotini 20 million so'm evaziga sotib oluvchiga 2022-yilning 7-iyul sanasigacha yetkazib berish majburiyatini olgan edi. Sotib oluvchi 2022-yilning 1-iyul kuni shartnoma summasi bo'lgan 20 million so'm miqdoridagi pul miqdorini Sotuvchiga bank to'lovi orqali o'tkazib berdi. Lekin, ''Elif'' MCHJ (Sotib oluvchi)ning bir necha bor og'zaki va yozma talablariga qaramasdan, Sotuvchi 2022-yilning 13-noyabr sanasigacha ham kelishilgan sut mahsulotini yetkazib bermadi. Shartnomada taraflar majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik choralari kelishilmagan. Sizga Sotib oluvchining rahbari yuridik yordam so'rab murojaat etdi va ushbu vaziyatda Sotuvchiga nisbatan shartnoma bo'yicha qanday talablar qo'yish mumkin ekanligi haqida huquqiy tushuntirish berishni so'radi.

Savollar:



  1. Siz ''Elif'' MCHJ (Sotib oluvchi)ning yuristi sifatida ''Anor Trade'' MCHJ (Sotuvchi)ga yuboriladigan talabnomada qanday talablarni qo'ygan bo'lar edingiz?

  2. Tadbirkor tomonidan talabnomaga javob bermaslik oqibatlari nimalarga olib keladi? Javobingizni asoslang.

  3. Ushbu shartnoma bo'yicha sotuvchidan penya undirishning imkoni bormi? Bor bo'lsa qancha miqdorda undirish mumkin?

  4. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnomalarni og'zaki va elektron shaklda tuzishning huquqiy oqibatlari nimalarga sabab bo'ladi?

Javoblar:



    1. Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo’jalik yurituvchi subyekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo’jalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir. Talabnoma yozma shaklda bildiriladi. Talabnomada bildirgan xo’jalik yurituvchi subyektning va talabnoma bildirayotgan xo’jalig nomi, talabnoma bildirilgan sana va uning raqami, talabnoma bildirish uchun asos bo’lgan holatlar, talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar, arz qiluvchining talablari, talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to’lov va pochta rekvizitlari, talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro’yxati bo’lishi kerak. Talabnoma xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarining o’rinbosari tomonidan imzolanadi. “Elif” MCHJ yuristi “Anor Trade” MCHJ ga yuboradigan talabnomada ularning o’rtasida tuzilgan shartnoma keltirib o’tilgan barcha holatlar tasvirlangan bo’lishi kerak. Agarda shartnomada keltirib o’tilmagan bo’lsa, Xalqaro tan olingan va mamlakat ichki umumiy oferta holatlari belgilangan bo’lishi kerak. Mahsulotning belgisi, sifati uning qancha muddat ichida yetkazib berish vaqti kimlar vositachiligida shartnoma tuzilganligi belgilanishi zarur. Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to’lash majburiyatini oladi. Shartnoma, agar qonunda boshqacha hol belgilangan bo’lmasa yoki u tovarning xususiyatidan kelib chiqmasa, shartnomani tuzish paytida sotuvchida mavjud bo’lgan tovarni, shuningdek kelajakda sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida tuzilishi mumkin. Agar shartnoma tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, Tovar to’g’risidagi oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi. Talabnomada yana sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart ekanligi ham belgilanishi muhim hiosblanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish bo’yicha yo’riqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart. Belgilangan muddat buzilgan taqdirda sotib oluvchida shartnomaning bajarilishiga qiziqish yo’qolishi shartnomadan aniq bilinib tursa, oldi-sotdi shartnomasi uni qat’iy belgilangan muddatda bajarish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan so’ng sotib oluvchining roziligisiz bajarishga haqli emas.Oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bulmasa,sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi.Agar tovar sotib oluvchiga Tovar turgan erda berilishi lozim bulsa,tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida.Shartnomada nazarda tutilgan muddatda Tovar tegishli yerda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bulgan va sotib olovchi shartnoma shartlariga muvofiq Tovar topshirilishga tayyor ekanligidan habardor qilingan vaqtda Tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi.Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamg’alash yoki boshqa yul bilan tastiqlangan bulmasa,Tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarning sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan yerda sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda,agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bulsa,tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tavorni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.Talabnoma talablarida ishga aloqador barcha narsa haqida malumot bersa bo’ladi. Yoki talablarni o’zinikini aniq-tiniq qilib keltirib o’tishning o’zi kifoya qiladi.

    2. O’ziga talabnoma bildirilgan xo’jalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab o’n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart. Talabnomaga javob xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning o’rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Talabnomaga to’liq yoki qisman tan olingan taqdirda xo’jalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o’zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o’tkazadi. Xo’jalik shartnomalarining taraflari xo’jalik shartnomalari o’z vaqtida va lozim darajada bajarilishini o’zaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari xo’jalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar ko’rishi, xo’jalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaxsni javobgarlikka tortish choralarini ko’rishi shart. Xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish bilan bog’liq bo’lgan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlariga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradi. Bu organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, xo’jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko’radi. Xo’jalik shartnomalarining taraflari xo’jalik shartnomalari o’z vaqtida va lozim darajada bajarilishini o’zaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari xo’jalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar ko’rishi, xo’jalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaxsni javobgarlikka tortish choralarini ko’rishi shart. Misol tariqasi oladigan bo’lsak bir MCHJ ikkinchi MCHJ bilan shartnoma imzolagan, lekin ikkinchi MCHJ shartnoma shartlarini bajarmagan, avvalambor shartnomada belgilangan bo’ladi. So’ngra tegishli choralar ko’rish uchun asos hisoblanadi bu holat. Ushbu shartnomani tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish bilan bog’liq, tomonlar o’rtasida kelib chiqadigan, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi nizolar taraflarning o’zaro kelishuvi yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo’qligi, qarzdorda zarur pul mablag’larining bo’lmaganligi fors-major hisoblanmaydi. Tovarga mansub ashyolar yoki hujjatlar sotuvchi tomonidan kursatilgan muddatda topshirilmasa,agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bulmasa,sotib oluvchi tovardan vos kechichga haqli.Agar sotuvchi sotilgan tovarni sotib oluvchiga topshirishdan bosh tortsa,sotib oluvchi oldi –sotdi shartnomasinibajarishdan bosh tortishga haqli.Sotuvchi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirishdan bosh tortsa,sotib oluvchi sotuvchiga ushbu kodeksning 331-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo’yishga haqli.

    3. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuboris, to’liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Sotuvchi tomon aybi bo’lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa javob beradi. Sotuvchi majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan hamma choralarni ko’rganligi isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo’qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo’lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo’lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo’ladi. Sotuvchining shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo’qligi, qarzdorda zarur pul mablag’larining bo’lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi. Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to’g’risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas. Sotuvchining sotib oluvchiga qancha summadagi penya to’lashiga keladigan bo’lsak, 2022-yilning 7-iyulidan to 13-noyabrigacha 129 kun uchun hisoblaydigan bo’lsak (chunki hech qancha majburiyatni bajarmagan edi) 100 ming so’mdan to’g’ri keladi. Jami 129 mln 900 ming so’m pul kelib chiqadi. Lekin umumiy bahoning 50% foizidan oshib ketmasligini inobatga olib 10 mln so’m penya to’lashga majbur, sotuvchi tomon.

    4. Xo’jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Agar shartnoma tuzish taklifi bilan nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan bo’lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi. Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf, taletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Og’zaki va electron shartnomalarda huquqiy jihatdan muammolar yozma shartnomalarga qaraganda ko’proq uchrab turadi. Electron shartnomarda og’zaki shartnomalarga qaraganda ustunlik jihatlari mavjud. Xususan ularning electron tuzilgan taqdirda ham yozma shakldagidek kuchga ega bo’lish o’rni kuchliroqdir. Hamma soha raqamlashtirilayotgani kabi shartnoma tuzish va boshqa tadbirkorlik yo’nalishida ham qulayliklar yaratilmoqda. Chunki oraliqdagi masofa bunday qulaylikning yaratilishiga turtki bermoqda. Electron shartnomada tomonlarning electron imzolari mavjud bo’lib bu narsa hujjatning asl nusxasi ekanligini isbotlay oladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (og’zaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda ko’rsatilgan) hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning ko’rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqini saqlab qolishiga e’tibor bermog’i lozim. Sudlar shartnomaning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar (yuk xati, Tovar-transport hujjati, ishonchnoma, dalolatnoma va hokazolar)ga har tomonlama baho berib, shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan, (og’zaki kelishuv asosida) bajarilgan majburiyatlar bo’yicha kelib chiqqan nizolarni qonunda belgilangan tartibda hal etmoqlari kerak. Shartnomada qonun hujjatlarida ko’rsatilgan yoki taraflardan birining talabiga ko’ra kelishib olinishi zarur bo’lgan barcha shartlar, ya’ni asosiy shartlar ko’rsatilmagan bo’lsa va ularni belgilash uchun imkoniyat bo’lmasa, shartnoma tuzilgan, deb hisoblanmaydi. Bunday holda kelib chiqqan nizolar bo’yicha sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (og’zaki kelishuv asosida) u majburiyatlar bajarilishiga oid qoidalarni qo’llashga haqlidirlar.

Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling