Tadbirkorlar uchun kreditlar ularning faoliyat davriga ko’ra


Download 13.38 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi13.38 Kb.
#1226892
Bog'liq
Asqarova tezis 3-sho‘ba


Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati yil sayin rivojlanib bormoqda. O’zbekiston so’nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli muhitni yaratish va yaxshilash sohasida dunyodagi kuchli o’nta davlat qatorida ekanligi Jahon bankining ma’ruzasida ham qayd etilgan. Mamlakatimizda band aholining 70 foizi kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug’illanadi. Yangi yaratilayotgan ish o’rinlarining 89 foizi ham aynan tadbirkorlik sohasiga to’g’ri keladi.
“HUDUDLARDA TADBIRKORLIK LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-fevral 2022-yildagi 212-sonli qarorini ijro etish borasida hududlarda tadbirkorlikni amalga oshirish orqali kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish uchun yillik 14% stavkadan 5 yilgacha muddatda, imtiyozli 2 yilgacha bo’lgan davrda 5 milliard so’mgacha miqdorda ajratilishi yo’lga qo’yildi.
Tadbirkorlar uchun kreditlar ularning faoliyat davriga ko’ra:
—faoliyat davri 6 oygacha bo’lganda 1 milliard so’mgacha;
—6 oydan 1 yilgacha 2 milliard so’mgacha;
—1 yildan 2 yilgacha 3 milliard so’mgacha;
—2 yildan 3 yilgacha 4 milliard so’mgacha;
—3 yildan oshganda 5 milliard so’mgacha 14 % stavkada ajratiladi.
Qonun loyihasi ko’ra, kredit mablag’larining kamida 70% miqdori viloyat bishqaruvidagi shaharlar va Nukus shahridan tashqaridagi hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ajratilishi ko’zda tutilgan.
Tadbirkorlikning samaradorligini oshirishda tadbirkorning salohiyatini va kreditni qaytarish qobiliyatini tahlil qilish hamda korxonaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash zaruriyati mavjud.
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling