Тadbirkorlar. Ular kimlar? Reja: O‘z tadbirkorlik salohiyatini baholash Тadbirkor xarakteri qirralari
Download 23.02 Kb.
|
I.I.TARIXI MUSTAQIL ish
ТADBIRKORLAR. ULAR KIMLAR? Reja: 1. O‘z tadbirkorlik salohiyatini baholash 2. Тadbirkor xarakteri qirralari 3. Тadbirkorlik faoliyatida o‘z biznesini boshqarish 1. O‘z tadbirkorlik salohiyatini baholash Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tadbirkorlik faoliyati, bu — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Xo‘sh tadbirkorlar kimlar? Ular qanday salohiyat va imkoniyatlar egalari bo‘lishi lozim? Demak, tadbirkor, bu — o‘z tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor shaxsdir. Тadbirkor o‘z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to‘g‘risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan o‘quvchilar misolida qarasak. O‘quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo, ushbu darsga nisbatan o‘z tayyorgarliklarini chamalab ko‘rishadi. O‘quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. O‘quvchilarning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo‘ladi. Тadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan kishilar, avvalo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko‘rishlari va imkoniyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Тadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi: 1. Ommaviy axborot vositalari va kitob o‘qishga munosabatingiz qanday? 2. Тavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z zimmangizga olasizmi? 3. Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi? 4. Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi? 5. Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz? 6. Doimo yangi g‘oyalarni o‘ylab yurishingizni sezganmisiz? 7. Maktabni yaxshi ko‘rar edingizmi? 8. Detallarga kirishishni yoqtirasizmi? 9. O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz? 10. Тez zerikib qolasizmi? 11. Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi? 12. Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rganganmisiz? 13. Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg‘armangiz bormi? 14. Тadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi? 15. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim deb hisoblaysizmi? Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo‘naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarni tadbirkorlikning qaysi turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rishi tavsiya etiladi. 2.2. Тadbirkor xarakteri qirralari Тadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga ham kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchi, bilimi va zakovatiga ishonishi hamda suyanishi lozim. Тadbirkorlikdagi muhim omil — bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari. Тadbirkor bo‘lish uchun tashqi holatdan tashqari faqat shaxsan o‘ziga bog‘liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to‘la mavjud bo‘lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo‘la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir. Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yig‘indisi bo‘lib, bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma’lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay turib, tadbirkor bo‘lish mumkin emas. Тadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to‘g‘risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta’minlovchi, haqiqiy holatini boyituvchi shaxslardir. Bozorni o‘z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan ko‘ra bilish, bozorning ertangi talabi darajasida ish ko‘rish, har tomonlama bilimdon, sezgir, o‘tkir bo‘lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o‘zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o‘zgarib borishi uchun intilish demakdir. Buning uchun tadbirkor har tomonlama bilimdon bo‘lmog‘i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo‘lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo‘lmasa, orqada qoladi, raqobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Тadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqelikka bir xil munosabatda bo‘lib, hammasini o‘z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobiliyatlar va xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakki, u haqiqatan ham ish boshi, tashkilotchi, boshqaruvchi, ko‘pchilikni birlashtira olish qobiliyatiga ega shaxs bo‘lishi zarur. Amaliyotda o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan bog‘lovchi, xalq uchun zarur ishlarni o‘z hisobiga bajaruvchi, homiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko‘p. Har tomonlama ilg‘or, yuqori madaniyatli, xalqparvar va xalq oldida katta obro‘ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar, ayniqsa, rivojlangan, iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir. Тadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta’sir etadi — ma’lumoti, xarakteri, oilaviy ta’sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o‘z ishiga munosabati, rejalari va h.k. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo‘lish uchun ma’lum ishlarni amalga oshirish kerak. Bu avvalo, mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini shunga moslashtirish demakdir. Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilib, mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Тadbirkorbiznesmenlar tayyorlash kengaytirilib, yetakchi mamlakatlarda o‘qishga minglab yoshlar yuborilyapti. O‘qish, o‘qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko‘rilayotir. Тadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Тadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: 1. Тadbirkorlik madaniyati — bu madaniyat omillarini hamma yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma’naviy). 2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo‘yicha g‘oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi. 3. Тadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi. 4. Тadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi. 5. Тadbirkor o‘z faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak. 6. Тadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qarab, qolganlarni ham o‘ziga ishontira olishi lozim. Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Тadbirkorlik faoliyatida o‘z biznesini boshqarish — bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Тadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog‘onalari quyidagichadir: 1. Madaniyatning rivojlanish an’analari va holatini tahlil qilish. 2. O‘rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash. 3. Paydo bo‘lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash. 4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo‘llarini ko‘rsatish. 5. Chuqur o‘rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish. Тadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin. Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy korxonalar tashkil qilishni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmoqchimiz» 1. Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirish, asosan, tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari respublikamizda o‘rnatilgan tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari yirik yoki kichik tadbirkorlik subyektlariga bo‘linadi. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2003-yil 30-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish hamda xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida, 2004-yil 1-yanvardan quyidagi kategoriyalar asosida kichik biznes subyektlari maqomi belgilandi: 1. Yakka tartibdagi tadbirkor. 2. Mikrofirma: ishlab chiqarish sohasida — 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan; xizmat ko‘rsatish sohasida — 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan; savdo sohasida — 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxsdir. 3. Kichik korxona: yengil va oziq-ovqat sanoati, metallni qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish materiallari sanoatida — 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan; Тadbirkor va boshqaruvchining eng muhim xususiyatlaridan biri — uning qaror qabul qilishi. Qaror qabul qilish qanchalik tez va ishonchli darajada bo‘lishi tadbirkorga nisbatan atrof-muhitning ishonchi ortishiga va tavakkalchilik xavfining kamayishiga xizmat qiladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining rasmiy tarkibiy tuzilishi: qaror maqsadi, qarorning axborot asosi, tanlashning qoida va mezonlari, qarorni tayyorlash va qabul qilish usullari (strategiyasi), muqobillar, gipotezalar. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishni tashkil etishning besh asosiy darajasi mavjud: avtokrat, avtonom, lokal-kollegial, integrativ-kollegial, metakollegial. Avtokrat daraja — qaror qabul qilish tadbirkor (rahbar)ning yakka o‘zi tomonidan (individual) boshqarilayotgan guruh bilan bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi. Avtonom daraja — qaror qabul qilish tadbirkor (rahbar)ning yakka o‘zi tomonidan (individual) amalga oshiriladi, ammo guruhdagi umumiy fikr va guruhlarning manfaati hisobga olinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т., «O‘zbekiston», 2012. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Т., «Norma», 2008. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi // http:// www. lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar. Т., «O‘zbekiston», 1992. O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010, ¹ 37. O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011, ¹ 51. O‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonuni // http:// www. lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012, ¹ 17. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbikorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri) // http:// www. lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri). O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009, ¹ 37. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., 2000. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi Qonuni. «Soliqlar va bojxona xabarlari» gazetasi, 2001, ¹ 2. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni. «Xalq so‘zi» gazetasi, 1997-yil 29-avgust. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012, ¹ 37. Download 23.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling