Tadbirkorlik asoslari
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste`molchining tanlov erkinligi
- Kasbiy faoliyatni tanlash
- “erkin tadbirkorlik
- Imkoniyatlar tengligi
- Iqtisodiy xavfsizlik
Tanlov erkinligi – bu deyarli har bir odam maqsadlar ro’yxatining birinchi
qatoriga qo’yadigan maqsaddir. Lekin aniq terminlarda bu nimani bildiradi? Iqtisodchilar, tanlov erkinligi iste`molchilar, xodimlar va biznes uchun muhimligini ta`kidlashadi. Iste`molchining tanlov erkinligi - iste`molchilar faqatgina o’z ehtiyojlari va xohishlariga asoslanib, juda keng doiradagi muqobil tovarlardan, o’zlari sotib olishni xohlagan tovarlarni tanlab olishlari mumkinligini bildiradi. Iste`molchiga - “Siz o’zingiz xohlagan har qanday razmerli va rangli shlyapani egasi bo’lishingiz mumkin, lekin bu shlyapa o’rta razmerda va qora rangli bo’lishi shart!” – deb gapiriladigan tizim bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Kasbiy faoliyatni tanlash erkinligi – iqtisodiy erkinlikning muhim tomonidir. Erkaklar va ayollar havas bilan bajariladigan va ayni vaqtda shundan munosib ish haqi hamda shaxsiy qoniqish olinadigan ishni tanlash imkoniyatiga ega bo’lishni xohlaydilar. Va nihoyat, “erkin tadbirkorlik”ning muhimligi to’g’risidagi gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bu – tanlash erkinligining muhim jihatidir. Bu odamlarga o’z bizneslarini erkin tashkil etish va, natijada foyda ko’rish uchun, ishlab chiqarish omillaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot tizimi erkinlikning mana shu xususiy turi poydevoriga qurilgan. Imkoniyatlar tengligi – yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan o’zviy bog’liq, chunki barcha odamlar taxminan teng darajadagi erkinlikka - iste`molchi, xodim va tadbirkor sifatida o’z huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo’lishlari lozimligini ta`kidlaydi. Iqtisodiy xavfsizlik maqsadi - bizning iqtisodiy jamiyatimiz a`zolari munosib oziq-ovqat, kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga Yetarli miqdorda pulga ega bo’lishlariga intilishimizni bildiradi. Kambag’allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy xavfsizlik maqsadiga erishishga o’rinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda iqtisodiy adolat maqsadiga erishish imkoniyati to’g’risida ham jiddiy savolni ko’taradi. Iqtisodiy hayotda betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo’shilavermaydi, lekin deyarli barcha bu maqsad qo’yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi. Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu – Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling