Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


Download 362.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana16.06.2023
Hajmi362.3 Kb.
#1516363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
3. Moliyaviy tadbirkorlik 
 
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi 
maqom bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada? 
Tijorat banki – aksiyador turdagi moliyaviy kredit muassasasi bo‘lib, asosan pul 
omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko‘rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob 
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko‘rsatadi. Tijorat 
banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‘lari o‘rtasidagi farqlardan 
shakllanadi. 
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‘larni jalb etish), aktiv (mablag‘larni 
joylashtirish), komissionvositachi (komission to‘lovlari bo‘lgan mijozlarning topshiriqlarini 
bajarish) kabi uch guruhga bo‘linadi. 
Tijorat banklari mablag‘larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu 
banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to‘lash bilan bog‘liq tijorat tavakkaliga 
mubtalo bo‘ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida 
qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo‘lishi kerak. 
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O‘zbekistan Respublikasining «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq 
belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini 
Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o‘tkazish to‘liq tugallandi va kliring markazlari 


tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o‘rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o‘tkazilishiga 
imkon beradi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va 
tashkilotlari, xo‘jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob- kitob 
xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to‘la mustaqildir. O‘z resurslari etmay 
qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin. 

Download 362.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling