Tadbirkorlik kapitalining moxiyati va turlari Mundarija


Download 157.34 Kb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi157.34 Kb.
#1732531
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tadbirkorlik kapitalining moxiyati va turlari


Tadbirkorlik kapitalining moxiyati va turlari
Mundarija
Kirish. ………………………………………………….………...…….2
1.Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish
shart-sharoitlari……………………………………………….………...4
2.Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. …………………..…….……….8
3.Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari. ………....……….18
4.Tadbirkorluk kapitalining aylanishi Asosiy va aylanma kapital……..25
5. Asosiy kapitalin takror ishlab chiqarish va undan foydalanish
Xulosa……………………………………………………………...…..31
Foydalanilgan adabiyotlar. ………………………………………...…..33

KIRISH

Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.


Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va
moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
Tadbirkorlik tushunchasi iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning
boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqti-sod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta‘riflagan edi.
Kichik va xususiy biznes korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy taraqqiyotga ta‘siri va bu sohani rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlardan O.A.Qulmatov, O.Abdullayev, R.Ismoilov, F.N.Maqsudov, A.Q.Qodirov, Sh.Yuldoshev, O.Nomozov, O.M.Ahmedov, G.I.Karimova, N.Yusupova, I.A.Axmedov, Xodiyev B.Yu, B.Hoshimov., Kosimova M.S., Samadov A.N., Yusupov M.A., Ergashxadjayeva Sh.J. , va boshqalar o‘zlarining ilmiy asarlarida,
maqolalarida, matbuotdagi chiqishlarida atroflicha to‘xtalib o‘tishgan.
Marketing yo‘nalishida bir qator iqtisodchi olimlarning hissalari juda kattadir. Bular: Kotler F., . Meskon M., Fatxutdinov R.A., Eriashvili N.D., Malxotra N.K., Karnauxov S., S.S.Gulomov., Ibragimov R.G., Kosimova M.S., Axmedov O.M., Yedgorov M.X., va boshqalardir.
Bundan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hamma qonuniyatlari va unsurlari kashf etib bo‘lindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritishga xos usullar o‘zlashtirildi va bu qonuniyatlardan ongli ravishda foydalanishning bakamu-ko‘st mexanizm yaratilgan deb xulosaga kelishga hali barvaqtdir.Shu bilan bir qatorda kichik tadbirkorlikda marketingli yondoshuvlar to‘laligicha o‘rganilmagan va dolzarb masalalaridan bo‘lib qolaveradi.

Download 157.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling