Tadbirkorlik pdf


“Asosiy vositalar amortizasiyasi”


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

“Asosiy vositalar amortizasiyasi” saqlash va ishlatishga hamda korxona
tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi;
- ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg’i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar;
- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish
xarajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish haqidan
ijtimoiy ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta’minlashga sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish
materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish
chog’ida sarflangan yonilg’i-moylash materiallari qiymati tannarxni hisoblashning
tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib olingan butlovchi
qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va


energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari, ishlab
chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalar) hisobga olinadi.
"Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlarning buzilishidan
ko’rilgan zararlar"da ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy
yo’qolish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va
kam chiqishi hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar" moddasida quyidagilardan
tashkil topadi:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallari, yonilg’i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;
- chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va
qarov, o’rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriy ijaraga olish
bilan bog’liq xarajatlar;
- ifloslantiruvchi moddalarni yo’l qo’yiladigan me’yorlar doirasida va undan
ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to’lovlar;
- ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq mehnatning normal sharoitlari
va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, tekin
beriladigan joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va
boshqalar uchun pul kompensasiyasi summasi);
- amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh,
maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo’yicha sotilishi munosabati
bilan imtiyozli summasi;
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga
tegishli xizmat safarlariga yuborish bo’yicha me’yorlar doirasida va ulardan
ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy
sug’urta qilish xarajatlari;
- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va
ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- mahsulotni (xizmatlarni) majburiy sertifikasiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan
nafaqalar;
- xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot
tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi. Masalan, qishloq xo’jaligida tannarxni
hisoblash moddalari quyidagicha turkumlanadi:
Qishloq xo’jaligida mahsulot tanarxini hisoblashning "Ishlab chiqarishga

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling