Tadbirkorlik pdf


Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlar. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi
natijasi hisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (xaridorlarga ortib
jo’natilgan va ular tomonidan haq to’langan) mahsulot hajmi pul tushumini
ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o’rnini
qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham
mavjud bo’ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish,
moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, davlat byudjeti oldidagi
majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi
natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari ko’rinishidagi zaruriy
mahsulotni oladi.
Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi.
Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning
ayrim turlarini xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejasi
bajarilmaganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning o’ziga (u penyalar va jarimalar
to’laydi) va xaridorga zarar keltiradi. Shuning uchun sotish rejasining bajarilishi
mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini
hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta xaridorga yetkazib berish rejasining
oshirib bajarilishi boshqa xaridorlarga yetkazib berish rejasining bajarilmaganligiga
sabab bo’lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini
bajarilishi 100 %dan oshib ketmasligi kerak.
Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotishga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish ko’rsatkichlarida
sotilmagan mahsulotlarning o’zgaruvchan qoldiqlarining o’zgarishi bilan aks ettiriladi.
Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxonalar tayyor
mahsulotlarning zarur hajmiga ega bo’lishi kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan
mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari me’yoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari
ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmi ancha kamayishiga olib
keladi. Mahsulot sifatining yetarlicha yuqori bo’lmasligi, mahsulotlarni bir maromda
ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jo’natish uchun transport bilan
yetarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari hisoblanadi.
Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlarning ayrim turlari
ko’rinishida amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchilar va xaridorlar mahsulot
yetkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning ro’yxati,
miqdori, yetkazib berish muddatlari va boshqa shartlar ko’zda tutiladi. Ularning
bajarilishi tahlili 8.4.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko’rinishicha, sotilgan mahsulotlarning hajmi rejaga nisbatan 71 ming
so’mga yoki 0,5% ga oshgan. Bunga tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini
228 ming so’mga yoki 1,6% ga oshirib bajarilganligi sabab bo’lgan. Ammo tovar
mahsulotlarining rejadan ortiq ishlab chiqarilishi to’liq sotilmagan. 
Sotilgan mahsulotlarning o’tuvchi qoldiqlari rejalashtirilganiga ko’ra 157
ming so’mga o’sgan, bu sotish hajmini shu summaga pasaytirgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling