Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
1.5.3-jadval
2009 yilda O’zbekistonda yaratilgan ish o’rinlari Ko’rsatkich Soni, nafar 2009 yilda yaratiladigan jami yangi ish o’rinlari 940532 O’tgan yilga nisbatan, foizda 142,3 Shundan quyidagi asosiy yo’nalishlarda yaratilgan ish o’rinlari: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 391809 o’tgan yilga nisbatan, foizda 104,7 Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish, jami 196745 Shu jumladan, korxonalar bilan kooperasiyada (mehnat shartnomasi asosida) 77466 Yangi obyektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni qayta qurish va kengaytirish 70587 Ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari (Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar) 281391 Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2009 yilda yaratilgan jami 940,5 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelmoqda. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 4,7 foizga ko’proq demakdir. Jami yangi ish o’rinlarining deyarli 21 foizi turli shakllardagi uy mehnatini yo’lga qo’yish, 7,5 foizi yangi obyektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqarishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30 foizi ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga tashkil etilgan. Natijada kichik tadbirkorlikda band bo’lganlarning jami iqtisodiyotdagi band bo’lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib, 74,2 foizga yetdi. Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling