Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida quyidagicha
ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. yenterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan
fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va
yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn.
yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu
jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar
bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko’zlagan holda daromad olish
uchun sarflanayotgan mablag’ bilan bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan
ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum
faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi
ta’kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni
shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko’rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga
quyidagilar kiradi:
xo’jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va erkinligi.
Huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan
mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal
darajada daromad olishni ko’zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o’z hissasini
qo’shishdir;
xo’jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham
7[7]
Мескон М.Х., Альберт М., Хедуори Ф. Основы менеджмента. -М., 1992.44-б.


noaniqlik va tavakkalchilik bo’lishi mumkin.
1.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining 
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa
muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga
bo’lgan talab va taklif; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi;
xaridor sotib olishi uchun zarur pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga,
ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi o’rinlari, ishchi
kuchlarining ortiqchaligi yoki yetishmovchiligi.
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritilgan
kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z ishbilarmonlik operasiyalarini
moliyalashtirish uchun olinishi mo’ljallangan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga
ta’sir etadi.
Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar
shug’ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, tijorat
operasiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko’rsatuvchi banklar, xomashyo,
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, mashina va uskunalar,
instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni xaridorga yetkazuvchi ulgurji va
chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini
ko’rsatuvchi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi
ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan
o’quv yurtlari; reklama, transport, sug’urta agentliklari; aloqa va axborotni
uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan chambarchas
bog’liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin
turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi va modaga javob bera
oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu
talab o’zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog’liq axloqiy va
diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar xaridorlarning turmush tarziga
va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga
munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z navbatida, biznes taklif etayotgan
maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga munosabatiga ta’sir etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy uslublarini o’rganishni
tashkil etish, xodimlarni o’qitish va qayta o’qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga
malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o’qitish uchun o’qituvchilarni
tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori uchun
xodimlarni tanlash bo’yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun
kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda
tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni


rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi,
ya’ni korxonalarni ro’yxatdan o’tish jarayonining qisqa va oddiy bo’lishi;
tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini
takomillashtirish; O’zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik
faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik
ishlariga ko’maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli
va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy
kafolati masalasi bilan bog’liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
AQShning tadbirkorlik sohasida ko’p yillar mobaynida qo’llab kelayotgan
qonunlar tizimi bunga misol bo’la oladi. Ulardan bir nechasiga e’tibor beraylik
(1.2.1-jadval)
8[8]
:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling