"Tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti 3I-20 guruh talabasi


Download 133.78 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi133.78 Kb.
#1304514
1   2   3
Bog'liq
09.03.2022 maruza

Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida yuzaga keladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi kilganda ham pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula olmaydi. Soliq munosabati bulish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot kiymatini taksimlash yo’li bilan majburan davlat budjetiga mablag to’plash jarayonini amalga oshiradi. Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, kat‘iylik va doimiylik, anik soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir. Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig’imlar majburiy bo’ladi, bunda davlat soliq to’lovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib kuyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan. Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to’lov boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste‘dod», «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy», «Mahalla» jamg’armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yuk, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi. Soliqlar qat‘iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi kancha chuqur bo’lsa soliqlar shuncha kat‘iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat kiladi yoki juda kam o’zgaradi. To’langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil mikdorda qaytib keladi. ―Soliqqa tortish tizimida eng muhimi – bunda soliqlarning ichki mohiyati mujassamlashgan- shunaki, u soliqlarni to’liq va samarali qaytarilish tamoyiliga amal qilishi kerak. Faqatgina soliqlarning to’liq, manzilli va samarali qaytarilishligigina soliq mexanizmini ijtimoiy takror ishlab chiqarishning eng muhim bo’g’inlaridan biriga aylantiradi.
Download 133.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling