Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “moliya va bank ishi” kafedrasi


Mahsulot ishlab chiqarishni buxgalteriya balansida aks ettirish


Download 245.56 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi245.56 Kb.
#1526375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayev Sirojiddin kurs ishi

3.Mahsulot ishlab chiqarishni buxgalteriya balansida aks ettirish.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi
va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar — tayyor buyumlarda
qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi.
Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash,
tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma ko‘rsatkichni oUsh uchun zarur. Pul shakli bilan birgahkda, moddiy xarajat
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o'lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos
hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfmi aks ettira
turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab
chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor
mahsulotga aylanmaydi. Chunki, ularga mehnatning ta’siri yangitdan
yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu
vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash
jarayoni vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi
ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining
summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya
hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so‘nggina aniqlanadi va
qayd qilinadi. Korxonalarning mablag‘lari boshqa-boshqa bosqichlarda,
ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo‘ladi. Bu — korxona ta’minoti va
tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o'ziga zarur
bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish
jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi.
Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va
mahsulot sotilishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun m o‘ljallangan va sotish jarayonida
joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun
koixonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va hokazo.
Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida
yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish
davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik
aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib
beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga
oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u yoki bu mablag‘lami topshirish
yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar
olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir
hisob-kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida
korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari,
korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi. Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan
foydalanish kiradi. Ulaming tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni
saqlash va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘laming holati
va ulardan foydalanish ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular —
ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish — tovarlarga, tovarlar esa yana pul
shakliga aylanadi. Demak, mablag'laming aylanish davri faqat uning
har xil bosqichlari ketma-ket, uzluksiz kelib tursagina sodir bo'lishi
mumkin.
Mablag‘laming aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ulami har bir
bosqichi bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda
vujudga keladigan jarayonlar, odatda, har doim uzluksiz sodir bo‘ladi.
Shuning uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi
— pul, ishlab chiqarish va moddiy mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga bu mablag’larning miqdori korxona faoliyatining hajmiga
to‘g‘ri kelishi va har bir bosqichda ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar — ta’minot, ishlab chiqarish va sotish alohida
xo'jalik operatsiyalaridan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnat
buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga
bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini
hisoblash va hokazolarni qayta-qayta qiymatda amalga oshiradi. Har
bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag'larining harakati,
ularning shakllarini o‘zgarishidan iborat. Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish - muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javobgarlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari buxgalteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarish tizimini ko‘zda tutadi. Birinchi daraja - qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun. Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan. Uchinchi daraja - mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar. To‘rtinchi daraja - hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish. Birinchi darajaga Respublikamizda 1996-yil 30- yanvarda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub bo‘lishi mumkin. Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya standartlarini kiritishimiz mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) tasdiqlangan. Uchinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq hisob standartlarini aniqlashtiruvchi boshqa idoralarining uslubiy tavsiyalari (ko‘rsatmalari) instruktsiyalar sharhlarini kiritsa bo‘ladi. To‘rtinchi daraja har bitta korxonada mavjud. Korxonaning o‘z ishchi hujjatlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish xususiyatlarini va uni yuritishni belgilaydi. Buxgalteriya hisobi yig‘im (tushum) tizimini tartibga solish mumkin; ro‘yxatdan o‘tkazish va pul shaklidagi ma’lumotlarni umumlashtirish xo‘jaliklar operatsiyalarida tashkilotlarning majburiyatlarini va ularning yaxlit, uzluksiz, hujjatli hisob olib borishlarini aks ettiradi. Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobining roli o‘zgardi. Agar avvallari hisobning maqsadi nazorat qilish vazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro milliy standartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etishdir. Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati - direktorlar kengashi, yuqori boshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlari va mutaxassislari.
2.To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan egri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, banklar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlovchilar, boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri foydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqarmasi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar. “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.” Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operatsiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’ekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’ektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart. Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.


Xulosa
Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish , tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalteriyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz.
Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilarning keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi.


Download 245.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling