Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti


Download 1.37 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1352880
Bog'liq
Nozimbek G\'aniyev JSYS


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Bank ishi va auditi 7BI-20 guruh talabasi
G’aniyev Nozimbekning Jismoniy shahslardan
olinadigan yer solig’i mavzusida tayyorlagan slaydi.
Reja:
1. Yer solig’ining mazmuni.
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i to’lovchilari
3. Yer solig‘i stavkasi va soliq solinadigan bazasi.
Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi.
Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi yerlarda zakot, xiroj, oʻlpon, tanob, ushr va b. nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 qismi hajmida undirilgan. Oʻrta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan.
Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Ye.s. asosan pul shaklida olingan. Mas, Buxoro amirligida amir ixtiyorida mulk yerlari boʻlgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Ye.s. — xiroj toʻlaganlar. Ye.s. ni yigʻuvchi amlokdor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Ye.s. toʻlashdan ozod boʻlgan.
E.s.ning stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan taʼminlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyasiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) soʻm hisobida tasdiqlanadi.
Noqishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab boʻlingan mintaqalar boʻyicha har xil stavkalar belgilanadi. Qishloq joylari uchun Ye.s. stavkalari sugʻoriladigan va lalmi-yaylov mintaqalari boʻyicha alohida belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari barcha soliqlar oʻrniga (alkogol mahsulotlariga toʻlanadigan aksiz soligʻidan tashqari) yagona Ye.s. toʻlaydilar.
Er uchastkalarining maydoni soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalari uchun yer solig‘i quyidagi hollarda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasida undiriladi:
  • Yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilganda;
  • Uy-joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda;
  • Yer uchastkalari noturar joylar bilan band bo‘lganda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling