Tadbirlar dasturi


Download 16.15 Kb.

Sana13.02.2018
Hajmi16.15 Kb.

                                                                                                                                                                                                                                                      

 

 

 

 

 

SHARL DE GOLL (1890-1970) 



TADBIRLAR DASTURI 

 

«Sharl de Goll (1890-1970 yy.)» ko‘rgazmasi 2011-yil 15-apreldan 6-maygacha 



O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tadi 

 

6-aprel, chorshanba 

 

18.00 «Sharl de Goll, chin fransuz taqdiri» nomli hujjatli film namoyishi (1 soat 20 

minut). 


Film Sharl de Goll hayoti, ijodi, uning unutilmas nutqlari haqida hikoya qiladi. 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

8-aprel, juma 

 

18.00 Café Hugo klubida «Sharl de Goll » mavzusi Fransuz tilida gapiruvchilar 

klubining navbatdagi yig‘ilishida « De Goll shunday degan edi » kitobi asosida 

general hayoti borasida suhbat olib boriladi (qatnashchilarga ushbu kitobdan 

nusxalar taqdim etiladi). 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

13-aprel, chorshanba 

 

15.30 «General Sharl de Goll va 18 iyun odamlari» nomli hujjatli film namoyishi (1 

soat 9 minut). 2-jahon urushi va Qarshilik ko‘rsatish yillariga sayohat. 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

17.00 Sharl de Goll fondi vakili Martin de Buadeffrning «General de Goll» mavzusida 

ma’ruzasi. 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

14-aprel, payshanba 

 

17.00 «Sharl de Goll (1890-1970)» ko‘rgazmasining ochilish marosimi. 

Manzil: O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi 



Ko‘rgazma Sharl de Goll fondi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

 

15-aprel, juma 

 

10.00 Sharl de Goll fondi vakili Martin de Buadeffrning «De Goll va Yevropa qurilishi: 

milliy mustaqillik va xalqaro hamkorlik» mavzusida ma’ruzasi. 

Manzil: Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti (ma’ruzaga faqat ushbu 

universitet talabalari taklif etiladi). 

 

17.00 Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy 

muxtor vakili Tomas Kunsening «Sharl de Goll va Konrad Adenauer» mavzusida 

ma’ruzasi. 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

 

 

 


 

20-aprel, chorshanba 

 

18.00 «Generalning g‘oyib bo‘lishi» nomli film namoyishi (fantastika, 1 soat 13 minut). 

1968-yil 24-may kuni de Goll fransuz xalqiga murojaat qiladi, biroq uning nutqi 

kutilgan natijani bermaydi va shiddatli namoyishlar boshlanib ketadi. O‘shanda 

general hech nima demasdan g‘oyib bo‘ladi… 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

27-aprel, chorshanba 



 

18.00 «Buyuk Sharl» filmi namoyishi (fantastika, 1-qism, 1 soat 30 minut). 

1944-yil avgust: ozod qilingan Parijda general de Goll Yelisey dalalari xiyoboni 

bo‘ylab muzaffarona qadam tashlaydi. Biroq urush yillari toblangan Qarshilik 

ko‘rsatish harakati bir necha oy ichida chilparchin bo‘ladi. Shunda general uchun 

jimjitlik davri boshlanadi. 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

4-may, chorshanba 

 

18.00 «Buyuk Sharl» filmi namoyishi (fantastika, 2-qism, 1 soat 30 minut). 

Manzil: O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 

 

 

 

 

«Demokratik jamiyatda konstitutsionalizm va parlamentarizmning taraqqiy 



etishi: O‘zbekiston va Fransiya tajribasi» mavzusida ilmiy anjuman 

 

Anjuman haqida batafsil ma’lumot keyinchalik xabar qilinadi. 

 

 

Ma’lumotlar uchun: 



T 244.94.08/09 

www.ambafrance-uz.org/ifo 



 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling