Tadbirlarining maqsadi va vazifalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1672489
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ta-lim-muassasalarida-jismoniy-tarbiya-sport-tadbirlarining-maqsadi-va-vazifalari

 
 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1499
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Ushbu mavzu respublikamizdagi jismoniy tarbiya pedagogikasi olimlaridan 
T.S.Usmonxo‘jaev, Yu.M.Yunusova, X.B. Tulenova, M.I.Masharipova va boshqalar 
o‘zlarining ilmiy ishlari, darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida atroflicha bayon qilganlar. 
Shu bilan bir qatorda Rossiyalik A.S. Vigotskiy, A.V.Zaporojes, A.N.Leont'ev, 
D.B.El'konin, V.K.Bal'sevich, Kozlova T.V. va boshqa jismoniy tarbiya pedagogikasi 
olimlarining ilmiy ishlaridan foydalandik. 
 
NATIJALAR 
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari o’quvchi va talabalarni jismoniy 
rivojlantirish, sog’lomlashtirish va hayot faoliyatiga tayyorlashdan iborat bo’ladi. 
Jismoniy tarbiya jarayonlari barcha bosqichlarida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiyani 
tashkil etishda ta’lim muassasaning pedagogik jamoasi jismoniy tarbiya o’qituvchilari 
va sport murabbiylaring axamiyati katta. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya 
tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari sport to’garaklaridagi 
mashg’ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar hamda dam olish kunlari va ta’tillarda 
olib boriladigan turizm mashg’ulotlari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tadbirlarida 
o’quvchilar hayotiy zarur harakatlar yurish, yugurish hamda sakrash va uloqtirish
tirmashib chiqish mashqlarni bajarib harakat malaka va ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Jismoniy tarbiya vositalari bo’lib hisoblangan jismoniy mashqlar va tabiatning 
sog’lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik vositalar yordamida ijobiy o’zgarishlar 
sodir bo’ladi va organizm sog’lomlashadi. O’zbekiston Respublikasining "Halq ta’limi 
haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport xaqida" qonunida O’zbekiston Respublikasining 
fuqarolari o’z salomatliklarini yaxshilash va mustaxkamlash uchun jismoniy jixatidan 
chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shart, degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to’la 
ma’noda o’quv dargoxlaridagi jismoniy tarbiya ishiga xam ta’luqlidir. 
O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiyasi ularni jismoniy harakatlarini amalga 
oshirishning tashkil etilgan pedagogik jarayonidir. Ta’lim muassasasidagi jismoniy
tarbiyaga oid ishlar o’quvchi va talabalardan xavaskorlikni, tashabbuskorlikni
uyushqoqlikni talab qiladigan juda hilma—hil shakllari bilan farq qiladi. Ular o’quvchi 
va talabalarda tashkilotchilik ko’nikmalari, faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam 
beradi. 
Ta’lim muassasasida o’quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi: 
1. 
Sog’lomlashtirish. 
2. 
Har tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash. 
3. 
Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda o’quvchi va talabalarni 
sog’lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko’nikmalarini 
shakllantirish bo’yicha Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi: 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling