Tadqiqot predmeti – urug’lik material, vazifasi – ekiladigan materialning sifatini oshirish, tadqiqot uslublari
URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI
Download 28.25 Kb.
|
URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI
«Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usullari» kitobida urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat standartlari belgilangan. «Urug’larning navdorlik va ekinboplik sifatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga qo’yilgan talablar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va boshqa ko’rsatkichlar. Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari ayrim hollardagina umumiy ekinzorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin. O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari amalga oshiradi. Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik yetishtirilayotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tashkil qiladi. Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetishtirilishi maqsadga muvofiq. O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sharoitda yetishtirilgan urug’lar boshqa mintaqa yoki respublikadan keltirilgan urug’larga nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi. Donning to’lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi optimal bo’lsa, bunday urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlari yuqori bo’ladi. Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sharoitda yetishtirilgan urug’larning ekinboplik va hosildorlik xususiyatlari past bo’ladi. O’simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o’g’itlarning ko’p qo’llanishi, o’simliklarning qalin bo’lishi urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini pasaytiradi. O’simliklar yotib qolishining oldini olishda retardantlar qo’llaniladi. Urug’chilik xo’jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug’ yetishtirishgina emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O’simlik yuqori hosil va sifatli urug’larni faqat hamma texnologik usullar o’z vaqtida, tez va sifatli o’tkazilgandagina shakllantiradi. Urug’larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o’sish energiyasi, unuvchanligi, o’sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa ko’rsatkichlardan iborat. SHuning uchun urug’lik ekinzorlar parvarishi bo’yicha alohida texnologiya qo’llanilishi zarur. Urug’lik ekinzorlar eng yaxshi o’tmishdoshlardan keyin joylashtirilishi kerak. Bunda o’tmishdoshlar o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishlari hamda tur va navlarning ifloslanishiga yo’l qo’ymasligini ta’minlashlari juda muhim. O’zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug’ uchun yetishtirishda eng yaxshi o’tmishdoshlar – g’o’za, makkajo’xori, sabzavot ekinlari, kartoshka, beda, dukkakli don ekinlari hisoblanadi. Download 28.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling