Tadqiqotda argumentasiya usulidan foydalanish


Download 73.59 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi73.59 Kb.
#1600324
Bog'liq
6-2.mavzu


TADQIQOTDA ARGUMENTASIYA USULIDAN FOYDALANISH
REJA:
Ilmiy tadqiqotda argumentasiyani ishlatish
Isbotlashning yo’llari va usullari
Ilmiy tadqiqotda baxs va diskussiya
«Agument» so’zi lotincha isbotni asosi ma’nosini bildiradi. Argumentasiya biron-bir fikr yoki g’oyani asoslash uchun chin hukmni keltirish jarayonidir. Bunda hukm argument (asoslash, isbotlash) rolini o’ynab, boshqa fikrni chinligini asoslaydi.
Argument har qanday isbotni tarkibiy qismini tashkil qiladi. Tabiiy-ki, argument ishlatilishidan oldin isbotlangan bo’ilishi lozim. Hukm argument bo’lishi uchun 2 ta talabni qondirish lozim:
1. isbotlanishi lozim bo’lgan fikr uchun yetarli asos bo’lishi;
2. chinligi mustaqil isbotlangan, isbotlanishi kerak bo’lgan fikrga bog’liq bo’lmasligi.
Isbot bir fikr chinligini boshqa fikr yoki hukmlar orqali ososlashga qaratilgan mantiqiy jarayondir. Isbotlash xulosa chiqarishga nisbatan qarama-qarshi turgan mantiqiy mulohazadir.
Xulosani chinligi keltirilgan hukmlarning hajmi va turdoshligiga bog’liq. Isbotni to’g’riligi esa argumentlarni, asos bo’lib xizmat qiladigan hukmlarning chinligidan kelib chiqadi.
Har qanday isbot uch qismdan iborat: tezis, dalil va namoyish
Tezis – chinligini isbot qilish kerak bo’gan fikr yoki hukmdir. mulohaza yoki munozara doirasiga tortilgan tezis bir qator qoidalarga mos bo’lishi kerak:
1. Тezis ayon, aniq ifodalangan hukm bo’lishi lozim.
2. Tezis aynan, ya’ni, butun isbotlash jarayonida bir xil mazmenga ega bo’lishi lozim.
3. Tezis o’zida mantiqiy ziddiyatni saqlamasligi kerak.
4. Tezis faktlar bilan asoslangan bo’lishi kerak.
Dalil – chinligi tekshirilgan va isbotlangan, shu bois tezisni chinligi yoki nochinligini asoslash uchun keltirish mumkin bo’lgan fikrdir. (argument).
Dalillar bilan amalga oshirilayotdigan mantiqiy ammalr quyidagi qoidalarga bo’ysunishlari kerak;
dalillar tezis uchun yetarli asos bo’lishi lozim;
dalillar tezisdan mustaqil ravishda asoslangan fikrlardan iborat bo’lishi kerak.
Dalil sifatida quyidagilardan foydalanadilar:
  • Tasdiqlangan faktlar, ya’ni, obyektga doir statistik ma’lumotlar; ilmiy axborot, guvohlarning aytganlari va boshqa faktlar;
  • Har bir fanda beriladigan tushunchalarning ta’riflari.
  • Aksioma va postulatlar (chinligi asoslangan, isbot ishlab qilmaydigan hukmlar).
  • Fan qonunlari va teoremalar.

Namoyish – tezisni chinligi yoki nochinligini dalillardan kelib chiqishini tavsiflaydigan (ko’rsatadigan) mantiqiy mulohazadir. Namoyishda tezis va dalil o’rtasidagi mantiqiy bog’lanish asoslanadi. namoyishni amalga oshirish jarayonida mantiq qoidalariga rioya qilinadi. Qoidalar deganda biz mantiq qonunlarini – ayniyat, zidiyat, yetarli asos, uchinchisi istisno qonunlarini tushunamiz.
Hozirgi zamon bilish nazariyasi va metodologiyada baxs diskussiya (lot. diskussio-ko’rib chiqish, tadqiq qilish) deb ataladi.
Diskussiya asosan ikki xil jarayonni – isbot va raddiyani amalga oshirishni bildiradi. Bunda bir qator qoidalarga rioya qilish lozim;
- masalani to’g’ri belgilash, baxs predmetini aniq ifodalab berish;
- muhokama qilinayotgan muammo xususida keng miqyosda ma’lumot va tasavvurga ega bo’lish;
- olg’a surilayotgan g’oyani tegishli tezislar bilan ifodalaganda ma’no ma mantiqiy izchilligiga e’tibor berish;
- muxolifni (opponentni) qarashlarini adekvat (to’la, aniq) qabul qilish;
  • isbot va raddiyaning mantiqiy

  • qoidalarini bilish.

Diskussiyani olib borishda toleratlik (lot. tolrrantia-bardosh, sab-toqat) tamoyiliga tayanish muhim ahamiyatga ega. Bu tamoyilga ko’ra boshqalarni fikrlarini xolisona qabul qilish, opponetga hurmat bildirish, muxolif nuqtai nazarni to’g’riligini tanlay bilish, o’zini g’oyasini asosli tanqiddan keyin o’zgartirishga tayyor bo’lish kabi xislatlarga ega bo’lish lozim.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 73.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling