Tadqiqotda nazariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va bosqichlari


Nazariya: mohiyati va funksiyalari


Download 112.05 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi112.05 Kb.
#1524627
1   2   3
Bog'liq
7-1.mavzu

2. Nazariya: mohiyati va funksiyalari


Ishlab chiqilgan nazariya ilmiy tadqiqotning eng samarali natijasi va yakunidir. Uning samaradorligi shundan iboratki, nazariya obyekt doirasiga kirgan barcha faktlarni tushuntiradi, o’rganilayotgan xossa, aloqadorlik va qonuniyatlar xususida bir-butun tasavvur beradi, o’zini tarkibidagi konseptual unsurlar (tavsif, tushunchalar, tamoyillar) tizim xarakteriga ega, amaliyot va texnologiyaga tatbiq qilish imkoniyati mavjud. Nazariya tushunchasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.
Keng ma’noda nazariya predmet yoki voqyelikning biron-bir tomonini tushuntiradigan qarash, g’oya va ta’limotlarni birlashtirgan bilish shaklidir. Bu tipdagi nazariyani tarkibiy qismlari turli darajada asoslangan faktlar tasavvurlar va tamoyillardan tashkil topgan.
Tor va qat’iy ma’noda nazariya-tadqiqot obyekti doirasiga kirgan barcha faktlarni tushuntiradigan konseptual yadrosi (boshlang’ich aksiomalar, qoidalar, tamoyillar) atrofida tushunchalar, g’oyalar va gipotetik tasavvurlarni birlashtirgan, tizim ko’rinishiga ega bo’lgan ilmiy bilish shaklidir.
Nazariya ma’lum strukturaga ega bo’lib, uning tarkibiga boshlang’ich tushunchalar va tamoyillar, faktlarni tushuntiradigan g’oyalar va tasavvurlar, qonunlar, ilmiy farazlar kiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda tadqiqot obyekti xususiyatiga qarab bilimlar nazariya va ta’limot shaklida ishlab chiqiladi.
Nazariyadan farqliroq ta’limot qat’iy bilim shakllari va tamoyillar strukturasiga, har bir mulohaza fakt va eksperiment natijalari bilan tasdiqlangan bilim tizimi ko’rinishiga ega bo’lmasdan, asosan voqyelikning biron-bir sohasi xususida bildirilgan nazariy g’oyalar va tasavvurlar majmuasidir.
Izlanish obyekti nisbatan aniq struktura va funksiyalarga ega bo’lgan taqdirda tadqiqot nazariyani ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Shunday holatni tilshunoslik, psixologiya, pedagogika, iqtisodiy menedjment fanlarida kuzatish mumkin. Psixologiyada bu ijtimoiy rollar nazariyasi, shaxs fazilatlari nazariyasi va boshqalar. Ayrim ishlab chiqilgan ilmiy-psixologik g’oyalar ham nazariya, ham ta’limot sifatida belgilanadi. Masalan, ijtimoiy o’rganish nazariyasi inson tomonidan ijtimoiy jarayonlar ta’sirida amalga oshadigan tajriba va bilim orttirishni tavsiflaydigan ta’limot hisoblanadi.
Bilish va amaliyotda ilmiy nazariya uchta-tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilish funksiyalarini bajaradi.
Tavsiflash funksiyasi kuzatish va eksperimentdan olingan ma’lumotlarni shu mavjud nazariya tilida bayon qilish va ularni birlamchi qayta ishlashdan iborat amalni (bajariladigan ishni) bildiradi. Tavsiflash hodisa, voqyea va jarayonlarni tushuntirish yo’lidagi dastlabki talab va ilmiy faoliyatdir.
Nazariyaning tushuntirish funksiyasi nihoyatda muhim funksiya hisoblanib, bunda obyekt xossalari va qonuniyatlarining sababi, amalga oshish mexanizmllari tushuntiraladi, shu asosda amaliyot va texnologiyada tadbiq qilinishi mumkin bo’lgan qoidalar, tavsiflar va modellar ishlab chiqiladi.

Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling