Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 14.47 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1611531
Bog'liq
yangiliklar


Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘l sahnasi tasvirlarining yorug‘lik intensivligi past bo‘lgan kanalini tahlil qilish asosida tasvir sifatini oshirish algoritmi takomillashtirildi;
grafik protsessorlarda dinamik tasvirlarni shovqinlardan tozalash va yorqinligini oshirishning parallel ishlov berish algoritmi ishlab chiqildi;
dinamik tasvirlardan yo‘l belgilarini tanib olishning neyron tarmoq modeli va qulay interfeysi ishlab chiqildi;
yo‘l belgilarini tanib oluvchi dasturiy majmuaning funksional strukturasi va dasturlararo muloqot interfeysi ishlab chiqildi.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
markaziy protsessorlarda yo‘l sahnasi tasvirlarining yorug‘lik intensivligi past bo‘lgan kanalini tahlil qilish asosida tasvir sifatini oshirish algoritmi ishlab chiqildi;
grafik protsessorlarda dinamik tasvirlarni shovqinlardan tozalash va yorqinligini oshirishning parallel ishlov berish modeli hamda algoritmlari ishlab chiqildi;
geterogen hisoblash tizimlarida dinamik tasvirlardan yo‘l belgilarini tanib olishning neyron tarmoq modeli hamda yo‘l belgilarini matnli va tovushli ifodalashni amalga oshiruvchi modullari ishlab chiqildi;
neyron tarmoq modeli asosida yo‘l belgilarini tanib oluvchi dasturiy vositalarning funksional strukturasi hamda dasturlararo muloqot interfeysi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning obyekti sifatida grafik protsessorlarda dinamik tasvirlarga parallel ishlov berish algoritmlarini ishlab chiqish va yo‘l belgilarini tanib olish uchun chuqur o‘qitishga asoslangan neyron tarmoq modelini yaratish jarayonlari qaralgan.
Tadqiqotning predmeti tasvirlardan yo‘l belgilarini tanib olishning zamonaviy yondashuvlari, tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari, yo‘l belgilari ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish usullari va chuqur o‘qitish algoritmlari tashkil etadi.


Tadqiqotning obyekti sifatida kuzatuv kamerasidan olingan yo‘l sahnasi tasvirlari, O‘zbekiston hududida qo‘llaniladigan yo‘l belgilari ma’lumotlar to‘plami, tasvirlarga dastlabki ishlov berishning parallel hisoblash algoritmlarini amalga oshiruvchi grafik protsessorlar va inson-mashina interfeysi uchun qo‘llanilgan web texnologiyalar qaralgan.
Tadqiqotning predmetini yo‘l sahnasi tasvirlariga dastlabki ishlov berishning parallel hisoblash algoritmlari, yo‘l belgilari ma’lumotlar tuzilmasi va sun’iy kengaytirish usullari, dinamik tasvirlardan yo‘l belgilarini aniqlash va sinflashtirishning neyron tarmoq modeli va dasturiy vositalari tashkil etadi.
Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling