Tadqiqotning zamonaviy fizik-kimyoviy usullari” фанидан 2019-2020 ўқув йили яда саволлари


Download 39.34 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1251312
Bog'liq
1.Tadqiqotning zamonaviy fizik-kimyoviy usullari


ТАСДИҚЛАЙМАН
Кимё факультети декани
________Н.Мусулмонов
“_____” __________ 2020 й.
Кимё факультети 2-курс магистратура талабалари учун
Tadqiqotning zamonaviy fizik-kimyoviy usullari”
фанидан 2019-2020 ўқув йили ЯДА саволлари



  1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi (energetik sath, o’tish, chiqarish, yutish, elektron, tebranish, aylanish, YaMR, EPR, rentgen, elektromagnit nur, chastota, to’lqin uzunlik, intensivlik, o’zaro ta’sir).

  2. Mass-spektrometriya orqali molekulaning qaysi fizikaviy kattaligi o’lchanadi. Nima uchun va qanday qilib molekulalar va atomlarni ionlarga aylantirish kerak (ion, molekulyar massa, spektr, magnit va elektr maydonlar, elektroneytral, trayektoriya, zarrachalar dastasi, musbat ion, elektron, foton, gaz).

  3. Magnit mass-spektrometrining ishlash prinsipi nimaga asoslangan. Elektrostatik o’zgartirish (razvertka) va magnit razvertkalari nima (ion manbai, tezlatuvchi maydon, kinetik energiya, magnit maydon, induksiya, Lorens, markazga intilma kuch, egrilik radiusi, aylana, maydonni yoyish).

  4. Alifatik uglevodorodlarning mass-spektridagi qonuniyat nimadan iborat (molekulyar ion, C—C va C—H bog’lar, n-dekan, ichki energiya, ionlarning konsentrasiyasi, kimyoviy bog’, uzilish, chiziq, intensivlik).

  5. Mass-spektrlarni jadval va grafik ko’rinishda ifodalash (nisbiy massa, zaryad, spektr chiziq, ion toki, yig’indi, nisbiy intensivlik, molekulyar ion, sonlar jufti).

  6. Spektrni «yaqin ultrabinafsha» va ko’zga ko’rinuvchi sohalarida (200-800 nm) ko’rinadigan yutilish polosalari qaysi o’tishlar natijasida hosil bo’ladi. Xromofor deb nimaga aytiladi, yakka va qo’shma xromoforlar, misollar keltiring (elektron, energetik sath, diskret, qo’zg’algan, molekulyar orbital, tanlash qoidasi, yutish, qo’sh bog’, tutash sistema, intensiv).

  7. Molekulyar orbitallarni uchta tipiga qancha va qanday o’tishlar mos keladi. Elektron yutilish spektri polosasining asosiy kattaliklariga nimalar kiradi, ularni qisqacha sharxlang (yutish, , , , n, energiya, to’lqin uzunlik, nur yutish, intensivlik, konsentrasiya, soha).

  8. Auksoxrom gruppalar. Gipsoxrom va bataxrom siljishlar. Giperxrom va gipoxrom effektlar (kiritish, polosa, intensivlik, uzun, qisqa, to’lqin, erkin elektronlar, geteroatom).

  9. Benzolning UB spektrida nechta polosa bor, ular qaysi o’tishlar natijasida hosil bo’ladi va qanday belgilanadi. Tarkibida benzol halqasi bo’lgan birikmalarni UB spektrlar yordamida qanday tanish mumkin (ultrabinafsha, intensiv, nozik tuzilish, E, B-polosa, o’rtacha intensiv, bir vaqtda).

  10. elektron o’tishlarga tegishli polosalarning xarakteristikalari:(spektrdagi sohasi; intensivligi; polosaning ko’rinishi; tutash zanjir uzunligining  ga ta’siri)

  11. xromoforlarga qaysi guruhlar kiradi, ularga tegishli polosalar spektrning qayerida joylashadi va intensivligi qanday bo’ladi (C═O, uzun to’lqin, kuchsiz, ajralmagan elektron, auksoxrom, gipsoxrom, alkil o’rinbosar, batoxrom, qutblangan, erituvchi, almashtirish).

  12. Molekula tuzilishining va muhitning UB yutilish spektrlariga ta’siri (qo’sh bog’, tutash, o’rinbosar, erituvchi, qutblanuvchanlik, etilen, 1,3-butadiyen, yuqori bo’sh, quyi band, molekulyar orbital).

  13. Optik analiz usullarining klassifikasiyasi: analiz obyektlari bo’yicha; elektromagnit nurlanish bilan modda o’rtasidagi o’zaro ta’sirning xarakteriga ko’ra; elektromagnit spektrning sohasi bo’yicha; (atom, molekulyar, absorbsion, emission, rentgen, ultrabinafsha, infraqizil, YaMR).

  14. Atomlarning spektrlari. Atomlarning asosiy va qo’zg’algan holatlari, holatlarning xarakteristikasi. Energetik o’tishlar, tanlash qoidasi. Elektron o’tishlarning ehtimoli va qo’zg’algan holatlarning yashash vaqti (litiy, valent, elektron, qo’zg’algan, o’tish, bosh kvant son, orbital kvant son, taqiqlash).

  15. Atom emission spektroskopiya usulining mohiyati. Spektr chiziqlari qanday hosil bo’ladi, spektr chiziqlarini xarakterlovchi kattaliklar, ular nimalarda ishlatiladi (energiya, diskret, to’lqin uzunlik, intensivlik, yarimkenglik, sifat, miqdor, valent, elektron, energetik sath, o’tish, atomlash).

  16. AES da sifat va miqdoriy analizlar (to’lqin uzunlik, intensivlik, temirning spektri, darajalash, standartlar, Lomakin).

  17. Atom absorbsion spektrometr, tuzilishi va ishlash prinsipi. AAS da miqdoriy analiz usullari. Usulning metrologik xarakteristikasi, ustunligi va kamchiligi (yoritish manbai, monoxromator, atomizator, detektor, kompyuter, qo’shimcha, tashqi standart, sezgirlik, bir element, konsentrasiya oralig’i, selektivlik).

  18. Rentgen fluoressent spektrometrning tarkibiy qismlari va ishlash prinsipi. Rentgen spektrlari yordamida sifat va miqdor analiz o’tkazish (namuna, to’lqin uzunlik, Mozli qonuni, atom nomeri, manba, detektor, kristall-analizator, qo’zg’atish, kompyuter, topaz, litiy ftor, Breg).

  19. Spektrofotometriyada moddaning konsentrasiyasini aniqlash usullari (standart, aniqlanuvchi, eritma, optik zichlik, darajalash, grafik, qo’shimcha, yutilishning molyar koeffisiyenti).

  20. Buger-Lambert-Ber qonuni. Qonundan chetlanishlar. Molyar nur yutish koeffisiyenti (optik zichlik, optik yo’l, konsentrasiya, monoxromatik, hajm, chiziqli, assosiasiya, dissosiasiya, to’lqin uzunlik).

  21. Yadro magnit rezonansi (YaMR) spektroskopiyasi atom yadrosining qaysi xossasiga asoslangan. Doimiy magnit maydoniga kiritilgan vodorod atomi yadrosini magnit energiyasiga qarab sathlarga joylashishi (magnit, spin kvant son, stasionar holat, elektronsiz yadro, magnit momenti, proyeksiya, koordinata o’qi, magnit induksiyasi, energetik sath, Bolsman taqsimoti).

  22. YaMR spektrometri, tarkibiy qismlari va ishlash prinsipi. Optik spektrometrlarga o’xshash tomonlari va undan farqi (magnit maydon, namuna, induktiv g’altak, generator, radio, chastota, kompyuter, o’ziyozar, yoyish, signal, kuchaytirgich, suyuq geliy, o’ta-o’tkazuvchanlik).

  23. Kimyoviy siljish, birligi. Ekranlanganlik doimiysi. Kimyoviy siljish nimalarga bog’liq (elektron bulut, yadro, aylanma harakat, magnit maydoni, yo’nalish, lokal maydon, elektromanfiy, vodorod bog’).

  24. O—H va C—H bog’lardagi vodorod atomi yadrolarining ekranlanganlik darajalarini va ular turgan nuqtalardagi lokal magnit maydonlari kattaliklarini taqqoslang. CH3OH ning 1H YaMR spektri (ekranlanganlik, elektromanfiylik, elektron bulut, kimyoviy bog’, bulutning siljishi, bulutning zichligi, magnit maydoni, Larmor chastotasi, rezonans chastotasi, rezonans sharti).

  25. YaMR yutilish spektrlarini qayd qilish. Kimyoviy siljishlar shkalasi (proton uchun) va uning birligi. Kimyoviy siljishlarni o’lchash (lokal, doimiy, magnit, maydon, rezonans sharti, generator, elektromagnit to’lqin, nurlantirish, yutish, energetik sath, o’tish, chastota, yoyish, spektr chiziq).

  26. Ajratib ko’rsata olish qobiliyati yuqori bo’lgan YaMR spektrlari. Spektr chiziqning nozik tuzilishi. Spin-spin o’zaro ta’sir, uning doimiysi va birligi (yutilish polosasi, magnit o’zaro ta’sir, masofa, gers, magnit maydon, multiplet tuzilish).

  27. Etil spirtining proton YaMR spektri va uning taxlili. Chiziqlarning nisbiy intensivligi, spektrdagi o’rni, nozik tuzilishdagi chiziqlar soni va ularning nisbiy intensivligi (ekvivalent yadrolar, polosalarning joyi, kimyoviy bog’, bog’lar soni, magnit kvant soni, lokal magnit maydon, triplet, kvartet, binom, koeffisiyent, qo’shni yadrolar, spinlar kombinasiyasi).

  28. Spektr chiziqlarning (polosalarning) nozik tuzilishga ajralishining fizikaviy sabablari (CH3 va CH2 gruppalari misolida) (ekvivalent protonlar, magnit kvant sonlarining yig’indisi, maydon kuchlanganligi, spin, kombinasiya, integral intensivlik, kvartet, triplet, spin-spin ta’sir, kimyoviy bog’, nisbiy intensivlik, Paskal uchburchagi).

  29. 13C YaMR spektrlarining umumiy xarakteristikasi (13S izotop, konsentrasiya, spin, chiziq intensivlik, shkala, kenglik, kimyoviy siljish, etalon, spin-spin ta’sir).

  30. 1H YaMR spektridagi signalning integral intensivligi, kimyoviy siljishi va spin-spin ta’sir doimiysi molekula haqida qanday ma’lumot beradi (ekvivalent, atomlar soni, elektron, bulut, qo’shnilar, masofa).

  31. Proton va 13S YaMR spektroskopiyalarida ichki etalon va erituvchi sifatida asosan nimalar ishlatiladi, ularning afzalliklari. Nima uchun 13S YaMR spektrlari protonlar bilan 13S yadrolari orasidagi spin-spin ta’sir to’liq so’ndirib olinadi (inert, yuqori maydon, singlet, erish, qaynash, temperatura, izotop, tabiiy, konsentrasiya, nozik tuzilish, intensivlik, qoplash).

  32. Xromatografiya usullari klassifikasiyasi (adsorbsion, taqsimlanish, cho’ktirish, harakatdagi va qo’zg’almas fazalarning agregat holati bo’yicha va analizni o’tkazish uslubiyatiga asoslangan klassifikasiyalar).

  33. Ajralish jarayoni asosida yotadigan hodisalar (adsorbsiya, desorbsiya, xarakatli faza. Turg’un faza, taqsimlanish)

  34. Harakatdagi fazaning holati, o’zaro ta’sir xarakteri va xromatografik jarayonni o’tkazilishi bo’yicha xromatografiya variantlari. (gaz, suyuqlik, taqsimlanish, adsorbsion, kolonka, qogoz)

  35. Xromatografiyada keng ishlatilayotgan sorbentlar (silikagellar, alyumogellar, aktivlangan ko’mirlar, molekulyar elaklar, g’ovak polimer-sorbentlar)

  36. Xromatografiyaning hozirgi zamon rivojlanish yillari, fan, texnika va sanoatdagi ahamiyati, atrof-muhit obyektlari ekologik muammolarini hal qilishdagi o’rni

  37. Xromatografik taxlil usullarining harakatli va harakatsiz fazalarning agregat xolati, ajralish mexanizmi, va ishlash texnikasiga ko’ra klassifikasiyalash(harakatli va harakatsiz faza, frontal, siqib chiqarish va elyuyent)

  38. Namunaning agregat xolati va xossalariga ko’ra xromatografik analiz usulini tanlash prinsipi (gaz, suyuqqik, uchuvchan, harakatli faza, detektor)

  39. Gaz xromatografiyasi uchun asboblar (detektor, gaz oqimi, xromarogtafik kolonka).

  40. Gaz xromatografiyasida stasionar suyuq faza va ularga qo’yiladigan talablar(ushlab turish, yuza, suyuqlanish, qutublilik)

  41. Gaz xromatografiyasida detektorlar va ularga qo’yiladigan talablar (selektivlik, Katarometr, alangali ionizasion, xromatogramma).

  42. Gaz xromatografiyasida termokonduktometrik detektor (issiqlik, elektr o’tkazuvchanlik, qarshilik, signal, xromatogramma)

  43. Gaz xromatografiyasida sifat va miqdor analiz (Yuza, selektivlik, yarim kenglik, darajalash grafigi standart moddalar).

  44. Gaz xromatografiyasining qo’llanilish imkoniyatlari (gazlar taxlilida, uchuvchan birikmalarni analizida)

  45. Gaz-suyuqlik xromatografiyasining mohiyati (harakatli va harakatsiz faza, nasitel, xromatografik cho’qqi)

  46. Suyuqlik xromatografiyasining nazariy asoslari va asosiy parametrlari, klassifikasiyasi (adsorbent, harakatli va harakatsiz faza, taqsimlanish, adsorbsiya desorbsiya)

  47. Suyuqlik xromatografiyasida sifat va miqdor analizi (xromatografik cho’qqi, etalon modda, ushlanish vaqti, harorat, oqim tezligi).

  48. Suyuqlik xromatografiyasida ishlatiladigan detektorlar (detektorlar, optik, flurosensiya, UB, hromatogramma, gibrid usullar)

  49. Suyuqlik xromatografiyasining qo’llanilish imkoniyatlari (farmasevtika, meditsina, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo’jalik)

  50. Gaz va suyuqlik xromatografiyasining o’xshashlik va farqli tamonlari (agregat holat, harakatchan faza, tekshiriladigan o’bekt, apparaturalari)



Кафедра мудири проф. Э.Абдурахманов
Download 39.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling