Taekvondo wtf
Download 483.5 Kb.
|
таэквандо втф
TAEKVONDO WTFK o‘pchilik dunyoga juda ko‘p yakkakurash turlarini bergan Xitoyni “u-shu”ning Vatani va “u-shu”ni esa barcha yakkakurash turlarining asosi deb hisoblaydi. Qo‘shni mamlakatlar bu fikrga etiroz bildirishadi. CHunki topilgan yodgorliklar, asori-atiqalar ushbu davlatlarda “u-shu”dan oldin ham ularning o‘ziga xos kurash turlari bilan shug‘ullanishini ko‘rsatib turadi. So‘zsiz kurash va ko‘l jangi Koreya yarim orolida, asosan uning shimoliy-sharqiy qismlarida Xitoy “u-shu”sining yutuqlarini ham singdirib olgan. II asr boshlarida U-di qo‘shinlari Koguryo chegaralarini bosib kirgach o‘zlari bilan “SHubako” sanati sirlarini olib kelgan, bu keyinchalik erlik xalqda “Subak” kurashiga aylanadi va o‘zgarishlarga uchraydi. VI asrdan boshlab Xitoydan Buddizm dinining kirishi koreys jangovor sanatlariga o‘z tasirini o‘tkaza boshladi. Lekin shu bilan birga koreys urf-odatlari ham o‘z tasirini yo‘qotmadi. VII asr boshlarida janubiy-sharqiy Silla davlatida vujudga kelgan Xvaranlar harbiy-diniy bo‘linmalari koreys qurolli va qurolsiz kurashlari rivojiga kata hissa qo‘shdi. “Xvaran” so‘zi “yigitning guli” ma’nosini beradi. Xvaranlarning tarkibiy qismini boylar va zodagonlar oilalaridan chiqqan o‘spirin-yigitlar tashkil etar edi. Silla davlatining poytaxti bo‘lgan Kyonchju shahrida joylashgan Sakkuram ibodatxonasi gorlarida har xil musobaqalar rasmlari hozirga qadar saqlanib qolgan. Taekvondo WTF yo‘nalishiga 1961 yilda Koreya Respublikasida asos solingan. Jahon Taekvondo WTF Federatsiyasi 1973 yilda tuzildi va unga 140 dan ortiq mamlakat a’zo O‘zbekistonda Taekvondo WTF 1990 yilarda rivojlana boshladi 1990 yilda O‘zbekiston Taekvondo WTF Federatsiyasiga asos solindi O‘zbekiston Taekvondo WTF federatsiyasi O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi nomi bilan 1992 yilida qayta ro‘yxatdan o‘tdi. Taekvondo (koreyscha: 태권도) koreys kurash turi va Janubiy Koreyaning milliy sportidir. 2000 yildan Olimpiya Oʻyinlari tarkibiga kiritilgan. Taekvondo (koreyscha: tae—oyoq, kvon —qoʻl, do—yoʻl, yaʼni oyoq va qoʻllarning qarakat yoʻli) — sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkamayakka olishish va maxsus mashklarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoavii tarzda oyoqqoʻllarda zarbalar berish yoki zarba xarakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar. T.da musobakalar 2 yoʻnalishda — Xalqaro taekvondo federatsiyasi (1TF; 1966 y. tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat aʼzo) va Jahon taekvondo federatsiyasi (WTF; 1973 y. tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat aʼzo) yoʻnalishlarida tashkil etiladi. T. asli koreys xalqining kurash turi hisoblanadi. Miloddan 600 y. ilgari koreislar jang qilish va himoyalanish vositasi sifatida uning usullarini qoʻllaganlar. T.ning rivojlanishida subak, xvaran va boshqa kurash yoʻnalishlari muhim rol oʻynadi. Taekvondoning 1TF yoʻnalishiga 1955 y. KXDRda asos solingan. Bu yoʻnalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan toʻliq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek, qoʻl bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi. Musobaqalar (5 ta vazn toifasida) 2 boʻlimda (har boʻlim 2 min.dan, tanaffus — 1 min.) davom etadi. Anik, zarbalarga ochko beriladi. Maxsus mashklarni bajarishga maʼlum vaqt ajratiladi va ijro texnikasi baholandi. Taekvondoning WTF yoʻnalishiga 1961 y. Koreya Respublikasida asos solingan. 2000 y. taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan oʻrin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qoʻloyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi. Musobakalar (8 vazn toifasida) sportchilarning himoya vositalarini kiygan holida tashkil qilinib, 3 boʻlimda (har boʻlim 3 min.dan, tanaffuslar — 1 min. dan) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. Gʻolib nokaugga yoki ochkolar koʻpligiga qarab aniklanadi. Oʻzbekistonda taekvondo (ITF) 1989 yildan ommaviylashdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston taekvondo (1TF) federatsiyasi tuzildi va ITFra qabul qilindi. Bu federatsiya 2000 yilda Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi nomi bilan qayta roʻyxatdan oʻtdi. Uning viloyatlarda boʻlimlari tuzilgan, 40 dan ziyod taekvondo (1TF) klublari faoliyat koʻrsatadi. 200 dan ortiq murabbiy 50 mingdan koʻproq T.chi bilan shugʻullanmoqsa (2004). OʻzRda taekvondo (ITF) musobaqalari muntazam oʻtkaziladi va oʻzbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi. Poʻlat Usmonov, Valeriy Pak, Viktor Nikolayev va boshqa taekvondo (1TF) ning Oʻzbekistondagi dastlabki targʻibotchilari boʻlishgan. Endilikda ular yetakchiligida Botir Mamedov, Dmitriy Nim, Nasriddin Tolipov, Shahnoza Shuqratjonova, Aleftina Kim, Moisey Nogay kabi oʻnlab sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan oʻrin Olishdi. Taekvondo (WTF) Oʻzbekistonda 1990 yildan ommaviylashdi va oʻsha yili respublika taekvondo (WTF) federatsiyasiga asos solindi. Bu federatsiya 1992 yilda Oʻzbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi nomi bilan kayta roʻyxatdan oʻtdi va 1993 yilda WTFra aʼzo boʻldi. Uning viloyatlarda boʻlimlari bor, 10 ta shahar taekvondo (WTF) klubi, tumanlardagi toʻgaraklarida 200 ga yakin murabbiy 17 mingdan ziyod T.chi bilan mashgʻulot olib boryapti (2004). Oʻzbekistonda taekvondo (WTF) musobakalari muntazam oʻtkazilyapti va sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ham qatnashyapti. Olek Pak, Adik Li, Aleksey Kan va boshqa taekvondo (WTF) ning yurtimizdagi dastlabki targʻibotchilari boʻlishgan. Yevgeniy Xan, Eduard Xegay, Ravshan Toshpoʻlatov, Umid Dadaxonov, Sanjar Mansurov, Natalya Mikryukova kabi sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda medallarni qoʻlga kiritishgan. MUSOBAQA QOIDALARI “Taekvondo” so‘zi koreyscha; tae-oyoq kvon-qo‘l, do-yo‘l, ya’ni oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li degan ma’noni anglatadi. Taekvondo musobaqalari ikki yo‘nalishda; Halqaro Taekvondo Federatsiyasi va Jahon Taekvondo Federatsiyasi- yo‘nalishlarida tashkil etiladi. (Ushbu qoidalar Jahon Taekvondo Federatsiyasi-WTF tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Taekvondo (WTF) Assotsiatsiyasi texnik amaliyotlar bo‘limi tomonidan interpretatsiya qilingan. 04.12.2003 yildan amalda.) 1-bob. Maqsad. Jahon Taekvondo Federatsiyasi (WTF) qoidalari standartlariga mos ravishda, davlatimiz hududida o‘tkaziladigan barcha darajadagi musobaqalarga oid bo‘lgan barcha savollarni aniq va adolatli hal etish, musobaqalar qoidasining asosiy maqsadidir. (interpretatsiya) 1-bobnig maqsadi butun dunyoda taekvondoning barcha musobaqalarida yagona qoidaning amal qilishini taminlash. Ushbu qoidaning fundamental prinsiplariga amal qilmaydigan har qanday musobaqa Taekvondo bo‘yicha musobaqa deb qaralmaydi. 2-bob. Tadbiq etish. Ushbu qoidalar WTF tomonidan ma’qullangan yoki tashkil etilgan, WTF a’zosi bo‘lgan har qanday regional uyushma va milliy assotsiatsiyaning barcha musobaqalarida tadbiq etiladi. Avvalom bor WTF roziligini olish: Amaliyotdagi qoidalarning qaysidir qismini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan har qanday tashkilot, o‘z o‘zgartirishlari bilan WTFga yozma murojaat qilishi va sababini ko‘rsatishi shart. Ushbu o‘zgartirishga rozilik WTF tomonidan musobaqadan bir oy oldin olinishi kerak. Vazn toifalarini o‘zgartirish, milliy yoki xalqaro referilar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirish, nazoratchi, registrator, shifokor va x.k.lar o‘rnini o‘zgartirish, musobaqalar vaqti va x.k.lar WTF roziligi bilan o‘zgartiriluvchi masalalar toifasiga kiradi, lekin hisoblash ochkolari, ogohlantirishlar va ta’qiqlangan harakatlar, musobaqalar hududi hech qanday sharoitlarda o‘zgartirilmasligi kerak. 3-bob. Musobaqalar hududi. Musobaqalar maydoni hech qanday to‘siqlarsiz, tekis yuzadan iborat bo‘lib 12 m x 12 m hajmga ega bo‘lishi kerak. Musobaqalar maydoni elastik ko‘rpachalar bilan qoplangan bo‘lishi shart. SHu bilan birga musobaqalar maydoni asosdan 50-60 sm balandlikda platformada joylashtirilishi, kerak bo‘lsa ishtirokchilar xavfsizligi uchun yon tomon chegaralari 30S burchak ostidagi nishablikka ega bo‘lishi kerak. Musobaqalar maydoni chegaralarini belgilash: 12 m x 12 m maydon “Kurash hududi” deyu nomlanadi, kurash hududining cheti 1 m enlilikda , boshqa rangdagi chiziq bilan belgilanib, ishtirokchilarning ushbu chegara chizig‘idan chiqib ketmasligiga e’tibor qaratiladi. “Kurash hududi” va “Xavfli hudud”ni ajratib turuvchi chiziq “Xavfli chiziq” deb, musobaqalar maydoni bilan “Xavfli hududni” ajratuvchi chetki chiziq esa “CHegaralovchi chiziq” deb ataladi. Joylarni belgilash. 1) Referi o‘rni. Referi joyi kurash hududi markazidan 1,5 m masofada 3-chegaraga yuzma-yuz bo‘lib, nuqta bilan “Referi o‘rni” deb belgilanadi. 2) Hakamlar o‘rni. 1-hakam o‘rni musobaqalar hududi 1-chegarasi markazidan 0,5 m masofada belgilangan, 2-hakam o‘rni 2-chegara burchagi asosida 0,5 m nuqtada belgilangan, 3-hakam 2-hakam o‘rnidan teskari 4-chegarada belgilangan bo‘lishi kerak. 3) Registrator o‘rni. Registrator o‘rni 1-hakam o‘rnidan 2 m orqada va 3 m chapda belgilanishi kerak. 4) SHifokor o‘rni. SHifokor o‘rni chegara chizig‘idan o‘ng tomonda 3 m.dan kam bo‘lmagan nuqtada belgilanishi kerak. 5) Ishtirokchilar o‘rni. Ishtirokchilar o‘rinlari 1-hakam o‘rniga tomon yo‘nalgan holda kurash hududi markazidan o‘nga 1 metr uzoqlikda protektorli ishtirokchi turishi shart. 6) Murabbiylar o‘rni. Murabbiylar o‘rinlari chegara chizig‘i markazidan 1 m uzoqlikda o‘z ishtirokchisi tomonida belgilangan. 7) Ishtirokchilar yonidagi Hakam o‘rni. Ishtirokchilar yonidagi hakam o‘rni musobaqalar maydoniga kirishda, ularning himoya vositalarini tekshirish uchun belgilanadi. I. Musobaqalar maydoni. II. Kurash hududi. III.Xavfli chiziq. IV.CHegara chizig‘i. IV.1 1-chegara chizig‘i, 2-, 3- va 4-chegara chiziqlari (soat strelkasi bo‘yicha) 1. Referi o‘rni. 2. YOn hakamlar o‘rinlari. 3. Registrator o‘rni. 4. SHifokor o‘rni. 5-1 Ko‘k protektorli ishtirokchilar o‘rni. 5-2 Qizil protektorli ishtirokchilar o‘rni 6-1 Ko‘k protektorli ishtirokchi sekundantining o‘rni. 6-2 Qizil protektorli ishtirokchi sekundantining o‘rni. 7. Ishtirokchilar yonidagi hakam o‘rni. Download 483.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling