Tafakkur 2 narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish nima deb ataladi? Analiz


Download 19.81 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi19.81 Kb.
#1784871
Bog'liq
test


1)narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi nima deb ataladi? Tafakkur
2)narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish nima deb ataladi? Analiz
3)narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish nima deyiladi? Sintez 
4)moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish nima deyiladi? Abstraksiya
5)Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri __________dan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. BO’SH QATORNI TO’LDIRING? umumlashtirish
6)Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi ______ tarzda aks ettirishdir.Bo’sh qatorni to’ldiring? vositali
7)Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning _______tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi.Bo’sh katakni to’ldiring? assotsiativ
8) Tafakkur, odatda, _____va _____tafakkurlarga bo‘linadi.bO’SH QATORNI TO’LDIRING? Nazariy,Amaliy
9)Tushunchali tafakkur nima? – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
10) Obrazli tafakkur nima? – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. 

11) Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur nima? obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.


12) Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur nima? – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
13) tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanish nima deyiladi? Amaliy tafakkur 
14) kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanishi nima deyiladi? Diskursiv tafakkur 
15) namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur qanaqa tafakkur? Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur 
16)______ tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi.(Bo’sh qatorni to’ldiring? ) Realistik
17) _______tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.(bo’sh qatorni to’ldiring) autistik
18) jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli nima? Tushuncha 
19) jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish nima ? Hukm 
20) Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli nima deb ataladi? xulosa 
21) umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish nima? Deduksiya 

22) yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, munosabatlarga ajratish nima deyiladi? Analiz 
23) qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish nima? Sintez
24) jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash nima? Taqqoslash 
25) jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish nima? Umumlashtirish
26) umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran o‘tish nima? Aniqlashtirish 
Download 19.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling