Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo'lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz
Download 12.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 seminar
Tafakkur Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir . Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo'lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz . Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o'rtasida ko'z bilan ko'rib , quloq bilan eshitib bo'lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud . Ana shu ichki bog'lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz . Demak , tafakkur deb narsa va hodisalar o'rtasidagi eng muhim bog'lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi . Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo'lamiz . SHu bois dunyoni bilishda bevosita sezish , idrok , tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o'ynaydi . Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo'ladi . Bosh miyaning biror markazidagi faoliyat emas , balki butun bosh miya po'stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir . Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o'rtasida vujudga keladigan murakkab bogʻlanishlar muhim ahamiyatga egadir . Analizatorlarning bosh miya po'stidagi markazlari bir - biridan keskin ajralgan holda emas , balki bir - biriga tutashib , bir - biri bilan chambarchas bog'lanib ketganligi sababli mazkur bogʻlanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o'tilganidek , tafakkurning maxsus nerv - fiziologik mexanizmlaridir . Bunda ikkinchisignallar tizimining bogʻlanishlari birinchi signal tizimidagi bogʻlanishlarga tayanadi . I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o'zaro oʻtkazish jarayonida hozir bo'ladi , deb ta'kidlagan . Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan oʻzaro ta'sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning oʻz tevaragidagi olamni va uning o'zini bilish uchun oliy qurol boʻlgan oliy tafakkur voq'e boʻladi . Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv - fiziologik asos bo'lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o'ynaydi . Akademik L.P.Pavlov ta'kidlaganidek , " avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat , atrof olamni va insonning o'zini ham bilish uchun oliy qurol bo'lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir " . 2.Tafakkur jarayonlari ( operasiyalari ) Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo'lgan ehtiyojlari , tevarak - atrofdagi olam va turmush toʻgʻrisidagi o'z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi . Fikr qiluvchi kishining tafakkuri- ob'ektni anglashi , bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir . Odam oʻzi idrok qilayotgan narsalar toʻgʻrisida fikr qiladi . SHuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi , turkumi to'g'risida fikr qiladi , ya'ni bular tafakkurning ob'ekti boʻladi . Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo'lishi mumkin emas . Analiz , sintez , taqqoslash , abstraksiyalash va umumlashtirish , tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalaming asosiy turlaridir . Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz . Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo'lgan munosabati aniqlanadi . Dars jarayonida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o'rin tutadi . Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki , biz narsa va hodisalarning analizda bo'lingan , ajratilgan ayrim qismlarini , bo'laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib , butun holiga keltiramiz . Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki , bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir - biriga oʻxshashligi va bir - biridan farqi aniqlanadi . KDUshinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilami ta'kidlagan : " Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz , uning o'ziga juda o'xshash boʻlgan narsalardan tafovutini toping va uning o'zida juda uzoq bo'lgan narsalar bilan oʻxshashligini toping . Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz , demak shu narsani tushunib olasiz " . Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki , bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib , ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim ' lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz . Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi , alomatning oʻzi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo'lib qoladi . Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi . Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi , shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi . Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning , o'xshash muhim belgilarning shu narsalar toʻgʻrisidagi bitta tushuncha qilib , fikrda birlashtirish demakdir . Psixologiyada umumlashtirish muammosi boʻyicha yagona yoʻnalishdagi nazariya mavjud emas . SHuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar , goho uni guruhlarga boʻlib oʻrganadilar . Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog'lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir . Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg'iz ob'ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi . Psixologlar tadqiqotlarining ko'rsatishicha , konkretlashtirish ikki xil vazifani bajaradi . Birinchidan , umumiy abstrakt belgini yakka ob'ektga tadbiq etish amalga oshiriladi . Masalan , biz " oq " deganimizda ko'z oldimizga qor , qog'oz , paxta va shu kabilar kelishi mumkin . Ikkinchidan , konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq boʻlgan umumiylikni ochishda ifodalanadi . Masalan , biz olma , olxoʻri , uzumni mevalar qatoriga stol - stul , divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo'shamiz . Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir - biriga o'xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir . D.L.Mendelevning " Elementlarning davriy tizimi " jadvali bunga yorqin misoldir . Bunda olim elementlarni atom og'irligi ortib borishiga , kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan . Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki , bunda ayrim narsalar , faktlar , hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi . vaqtdagi tutgan oʻmiga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi . SHu sababli makon , xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi . 3.Tafakkur shakllari Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi . Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm , xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi . Hukmlar Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi . Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo'ladi . Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o'zaro bog'liq bo'lgan belgilar , alomatlar hukmlarda bog'liq ravishda ko'rsatib berilsa yoki voqelikda bir - biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko'rsatilsa bu chin hukm deb ataladi . Masalan , metallar elektr tokini oʻtkazuvchidir , metallar qizdirilganda kengayadi , degan chin hukmlardir . CHunki elektr tokini o'tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir . Moddiy olamda haqiqatdan bog'liq bo'lmagan narsa hukmda bogʻliq qilib ko'rsatilsa , bunday hukm xato hukm deb ataladi . Masalan , hozir tashqarida yomg'ir yog'yapti ; er quyosh atrofida aylanmaydi , degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi . Borliqdagi narsalar , hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab , hukm quyidagi : Download 12.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling