Tafakkur qonunlari va shakllari reja: Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti. Formal mantiqning asosiy qonunlari


Download 72.75 Kb.
bet8/17
Sana06.05.2023
Hajmi72.75 Kb.
#1433728
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
14. Tafakkur qonunlari va shakllari

Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir» degan ta’rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) ma’nosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta’riflar farq qilinadi.
Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini o‘rganuvchi fan semiotikadir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir.
Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir.
Real ta’rif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif. Yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. Shu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko‘rsatiladi. Shu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik.

Download 72.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling