Tafakkur va intellekt nazariyalari borasidagi psixologik qarashlar


Download 29.83 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi29.83 Kb.
#1347259
Bog'liq
umumiy pisixoligiya 27


TAFAKKUR VA INTELLEKT NAZARIYALARI BORASIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLAR
1.TAFAKKUR VA UNING XUSUSIYATLARI.
2. TAFAKKUR TURLARI VA SHAKLLARI
3. TAFAKKUR OPERATSIYALARI VA QONUNIYATLARI.
4. TAFAKKUR SIFATLARI.
5. TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI.
Tafakkur - narsa va hodisalar ortasidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi. Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez –narsa va hodisalarning analizda bolingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bolaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish. Abstraksiya –moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bolmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va ozini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu obektlarga tasir korsatgan holda malum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun organadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va korgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir obektlar va ularning bevosita organiladigan xossalari haqida malumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan obektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va ozgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bogliqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka otish sodir boladi. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida tariflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, otmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida ogzaki va yozma nutqda (oqituvchilar maruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur koplab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir. Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Fikrlar va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an'anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g’oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi. Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim.
Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling