Tafakkur va nutqning psixologik tafsifi


Download 24.35 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi24.35 Kb.
#1331127
  1   2   3
Bog'liq
Tafakkur va nutqning psixologik tafsifi

Tafakkur va nutqning psixologik tafsifi.

Reja.



Kirish.

  1. Tafakkur, uning xususiyatlari, shakllari va turlari.

  2. Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari.

  3. Nutq va uning turlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatiami biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalaming mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasawur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
P.I.lvanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
1. Tafakkur, uning xususiyatlari, shakllari va turlari.
M.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vosi.tali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
V. V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.PIatonov darsliklarida ham uchraydi.
Keltirilgan ta'riflar orasida O.K,Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Tafakkur qilish inson uchun dunyoni anglash uning ko`z ungida dunyo olam modulini yaratish yotadi. Keyinchalik bu olam haqida insonlar unga oid bashoratlarni bera olish imkonini beradi.Buning foydasi asosan shu inson o`z hayoti davomida maqsad niyat istaklarini aniq belgila olishi mana shu maqsad va niyat maqsadlariga erishish uchun o`z ishlarini rejalarini boshlashidan kurinadi.
Tafakkur shakllari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar
Narsa va hodisalaming belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.


Download 24.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling