Tafakkur va nutqning psixologik tafsifi
Nutq to’g`risida umumiy tushuncha
Download 24.35 Kb.
|
Tafakkur va nutqning psixologik tafsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
3. Nutq to’g`risida umumiy tushuncha
Nutq – odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki o’zaro aloqa o’rnatish yoki o’z xarakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.Til ijtimoiy xodisa, aloqa vositasi bo’lsa, nutq aloqa qilish jarayonining o’zginasidir. Nutq - odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning aloxida usulidir. Odam o’z nutqi orqali o’zining bilimlari , fikrlari, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytish, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o’zlashtirib oladi, boshqa kishilarning xislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o’zlarining faoliyatlari va kundalik xayotlarida bir birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar. Nutq vositasi bilan aloqa bog`lash jarayonida xar bir kishi bilimlarning ko’p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog`lashodamning doimiy extiyoji bo’lib, bu aloqa fikr olishga xizmat qiladi. Xar bir kishining nutqi bolalik chog`idan boshlab o’sib boradi, buning sababi xam boshqa kishilar bilan aloqada bo’lish extiyojidir. Nutq to’g`risida, shu bilan birga, til to’g`risida gapirganimizda quyidagilarga e`tibor berishimiz kerak. “Nutq”va “til” degan terminlar ko’pincha bir xil ma`noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma`nosini bir biriga aralashtiribyuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir biriga chambarchas bog`langan bo’lsa xam, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas. Til esa ijtimoiy xodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir.Tilning ijodkori esa xalqning o’zidir, tarixan tarkib topgan millatning o’zidir. Rus tili, o’zbek tili, xorij tili, nems tili va xakazo deganimizda, biz mana shu ma`noda gapiramiz.Xar bir avlod o’zidan oldin o’tgan avlodlar ishlab chiqqan tilda duch keladi va shu tilni egallab oladi, ya`ni o’zining nutq orqali qiladigan muammosidan shu tildan foydalanadi. Nutq bilan til bir biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir biridan ajratib bo’lmaydi:nutq xam, til xam bir biriga bog`langan, ular birlikda mavjuddir.Bu birlik shundan iboratki, xar bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog`lash jarayonida vujudga kelgan va o’sib borgan. Xar bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog`liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo’ysalar, bu til xam yo’q bo’lib ketadi. Xulosa. Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o’zi qolganida , ko’pincha xayolidagi suxbatdoshlar bilan «o’z ichida» gaplashadi.Odamo’ziga notanish bo’lgan bir yoki bir necha kishi o’rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish extiyoji albatta paydo bo’ladi. Bu extiyoj qondirilmay qolsa, odamda ma`yus qiladigan «o’ng`aysizlik» xissi tug`iladi.Odamning «aytadigan xech bir gapi» bo’lmagan taqdirda xam shunday extiyoj paydo bo’ladi. Bunday xollarda u «nima qilishini»bilmay qoladi.Bunday xollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan?”,”qanday gap boshlasam ekan?” deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Nutqtarixiy tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong bilanbaravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog`lash, bir birlariga biron narsa aytish extiyojitug`ilishi natijasida paydo bo’lgan. Kishi nutqi mexnat jarayonida o’sib borgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil. 2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil. 3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika” 4. www.ziyonet.uz 5. www.arxiv.uz Download 24.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling