Tafakkurli tizimlar qurilmaviy asoslari fanidan


Tasma tortuvchi qurilmalar


Download 186.4 Kb.
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi186.4 Kb.
#1271416
1   2   3   4   5
Bog'liq
korrektor.uz 1678524015 DISK YURUTIUVCHILAR

Tasma tortuvchi qurilmalar
Tasmani jamlovchilar (1 Mbayt yoki 1 Gbayt hisobida) ancha arzon, kattaroq sigʻimga ega va disklarning zaxira nusxalarini yaratish va katta sondagi turli fayllar bilan ishlash osonroqdir. Tasmali tashuvchi ketma-ket kirishdan foydalanadi, bu esa tasmadagi narsa eng boshidan boshlab oʻqilishi va ayrim fayllar oʻzlarining tasmaga yozilish tartibida topilishini anglatadi. Bundan tashqari, odatda ayrim fayllar modifikatsiyalanishi yoki tasmadan oʻchirilishi mumkin boʻlmaydi; faqat butun kartrijdagi hamma narsa oʻchirilishi yoki koʻchirib olinishi mumkin. Shunday qilib, tasmani tashuvchilar butun qattiq disklarni barcha ilovalar va maʻlumotlar bilan birgalikda qayta nusxalash uchun koʻproq moslashgandir. Bunday qayta ommaviy nusxalash ayrim fayllarni tasmani tashuvchilarga yozilishini murakkablashtiradi. Eni 1/3 dyuym boʻlgan tasma uchun 6x4x5/8 dyuym oʻlchamli (taxminan 15x10x1.6 sm) birinchi jamlovchi ZM kompaniyasi tomonidan 1972-yili taqdim etilgan edi. U kartrijlar uchun standart DC deb ataladi. Sigʻimi 60 Mbayt boʻlgan birinchi QIC jamlovchi – QIC-02 da birinchi marta foydalanildi. Bu jamlovchi 1983-1984 yillarda paydo boʻldi. Oʻtgan asrning 80-yillari oʻrtalarida QIC-02 ning hajmi kichikligi muammosi paydo boʻldi, shu sababli katta disklar uchun standartlar ishlab chiqildi.
Travan tasmali jamlovchilari
1994 yil oxirida ZM kompaniyasidan ajralib chiqqan Imation kompaniyasi tasmali kartrijning QIC va QIC-Wide asosidagi mutloq yangi standartini yaratdi va u “Travan” deb ataldi. Travan anʻanaviy QIC MC va QIC-Wide jamlovchilarini deyarli toʻliq siqib chiqardi. Va zaxirali nusxalash uchun nusxa va qulayligi boʻyicha samarali vosita berdi. Bu texnologiyadan foydalanilganda siqilmagan koʻrinishda 10 Gbaytgacha hajmda, siqish usulidan foydalanilganda esa 20 Gbaytgacha hajmda zaxira nusxalash mumkin. Travanning ishi noyob “yuritma - minikartrij” oʻzaro taʻsiri usuliga asoslangan boʻlib, unga Imation kompaniyasi tomonidan patent olingan.standart 3.5 dyuymli Travan jamlovchisini koʻpchilik tizimlar va korpuslarga oʻrnarish mumkin. Travan jamlovchilari QIC, QIC-Wide va Travan mini-kartrijlari,bu foydalanuvchilar uchun juda qulaydir, chunki bunday mini-kartrijlardan 200 mln ga yaqin ishlab chiqarilgan. Travan mini-kartrijlalri va jamlovchilarining bir necha tiplari mavjud. Ularning har biri maʻlum QIC standartiga mos keladi.

Download 186.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling