Tafakkurni tadqiq etishning asosiy yo`nalishlari: qaror qbul qilish va muammoning yechimi


Download 19.72 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi19.72 Kb.
#1126302
Bog'liq
TAFAKKURNI TADQIQ ETISHNING ASOSIY YO\'NALISHLARI (1)


TAFAKKURNI TADQIQ ETISHNING ASOSIY
YO`NALISHLARI: QAROR QBUL QILISH VA MUAMMONING YECHIMI
Reja:

  1. Tafakkur: kognitiv psixologiyada asosiy yo`nalishlari.

  2. Muammoning reprezentasiyasi . Reprezentasiya tiplari.

  3. Tafakkur: qaror qabul qilish va tushunchalarni shakllantirish, assosiasiya, farazni tekshirish, mantik, xulosa va deduktiv xulosa chikarish, rasmiy tafakkur, qaror qabul qilish, induktiv xulosa kicharish, ehtimollik baxosi.

Tayanch so`z va iboralar:
Tafakkur, masala, muammo, sun’iy intellekt, til, so`z, leksik masala, tushu nish, faxmlash,idrok qo`lami, lingvistik g`oyalar.


Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli- tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib utamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o`rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tarikasida namoyon bo`lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur taxlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to`g`risidagi g`oyani rivojlantirib, uni subyekt faolligining paydo bo`lishi deb ataydi.
A.N.Leontyev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan muloxaza yuritib tafakkurni turli ko`rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning to`zilishi, fikr yuritish motivasiyasi to`g`risidagi nazariy metodologik muammolarni urtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko`ra, tafakkur-bu oriyentirlash-tadsisot faoliyati, oriyentirovka jarayondir, ya’ni oriyentirovka-jarayon, oriyentirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda subyektning tafakkuriga oriyentirovka qilish jarayonini o`rganishga asoslanadideb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o`zining aqliy harakatlarni bosqichma- bos^ich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni kidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan paykash xususiyatlari alohida ta’kidlab utiladi.
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak- atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr kiluvchi kishining tafakkuri-ob’yektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining harakterli xususiyatidir. Odam o`zi idrok kilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to`g`risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’yekta bo`ladi. Bir narsaga tayanmagan ko`rukdan ko`ruk tafakkur bo`lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, takkoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish akdiy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz- shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini taxlil kilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Taxlil ob’yektlari amalda ajratib bulmaydigan elementlarga yoki belgilarga bulishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yongokni chakishining o`ziyok boshlangich, oddiy analizdir. O`quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dare jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan uzlashtirib olish analizdan boshlanadi.
Sintez-shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bulingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bulaqlarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun Holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bulaqlarini bir butun qilib kushishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko`rinib turibdi. Analiz aqliy bo`lgani kabi sintez ^am amaliy harakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o`z harf haltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bugin, buginlardan so`z, so`zlardan ran, gaplardan kiska axborot, undan esa hikoya tuzadi.


BBB jadvali

BILAMAN

BILISHNI XOHLAYMAN

BILIB OLDIM









Nazorat uchun savollar:

  1. P.Broka nuntkning qaysi markazini aniqlagan?

  2. K.Vernike nuntkning qaysi markazini aniqlagan?

Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling