Tafakkurni tadqiq etishning asosiy yo’nalishlari


Download 0.76 Mb.
Sana14.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1773688
Bog'liq
Tafakkurni tadqiq etishning asosiy yo’nalishlari pptx sidiqova

Tafakkurni tadqiq etishning asosiy yo’nalishlari.

Psixologiya yo’nalishi 1-kurs magistratura talabasi Yo'ldasheva Gulchehraning Kognitiv psixologiyadan tayyorlagan taqdimoti

S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o`rganishning asosiy predmeti-uning jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo`lishidir. Muallif tafakkur operatsiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur taxlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to`g`risidagi g`oyani rivojlantirib, uni subyekt faolligining paydo bo`lishi deb ataydi.

  • Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti hamda uni tadqiq etishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida psixologiyada turli- tuman qarashlar va ta’riflar mavjuddir. Ularning ayrimlarini ushbu taqdimotimizda yoritib berishga harakat qilamiz.

A.N.Leontyev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan muloxaza yuritib tafakkurni turli ko`rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivatsiyasi to`g`risidagi nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
  • Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak- atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’yektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o`zi idrok qilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to`g`risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’yekti bo`ladi. 
  • Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.

Analiz
shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini taxlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Taxlil ob’yektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o`ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O`quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi.
Sintez
shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko`rinib turibdi. Analiz aqliy bo`lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o`z harf haltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so`z, so`zlardan gap, gaplardan qiska axborot, undan esa hikoya tuzadi.
taqqoslash
bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.
Umumlashtirish
jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Tafakkurning psixik faoliyat sifatidagi umumiy xususiyatlarni
chizma shaklida keltirishimiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling