Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch XIL shakli: Tushuncha


Download 1.68 Mb.
Sana06.02.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1169555
Bog'liq
Falsafa


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Fakultet: Axborot tizimlari va texnologiyalari
Guruh: MAT-91
Student: Babakuliyev Bexruz
Tafakkur shakillari:
tushuncha, mushohada(hukm),
xulosa
Tushuncha
Mushohada ( hukm)
Xulosa
01
02
03
Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli:
Tushuncha  – bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi.
Tushunchalar tasavvur bilan o‘xshash hodisadir.
Ammo tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Mushohada tafakkur shakli sifati - bu tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjud narsalar va hodisalarning belgilari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrga aytiladi. Hukm (mushohada) o‘zbek mantiqiy adabiyotida ba’zan muhokama deb ham yuritiladi. Hukm va muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz.
Xulosa
Tafakkur tushuncha, hukm (mushohada) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo‘ladi. Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar xosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar xosil qiladi.
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shakliki, unda berilgan aniq bilimlardan ma’lum qoidalar asosida boshqa bilimlar keltirib chiqariladi.
Bu xodisa muxokama yuritish orqali
amalga oshiriladi. Xulosa chiqarish tarkibiga
asosan xukmlar kiradi.Xulosa chiqarishning xar bir turiga oid qoidalar mavjud bo’lib, ularga rioya qilingandagina xulosa chiqadi.
Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta.
E'tibor uchun rahmat!
2022
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling