Tafovutlari va ularni guruhlashtirish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
farg-ona-viloyatida-turizm-rivojlanishining-hududiy-tafovutlari-va-ularni-guruhlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784
- Turistik guruhlashtirish
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida o‟rganilayotgan hududni yanada mukammal tadqiq etish, asosiy muammo va yechimlarni aniqlash uchun hudud xususiyatlaridan kelib chiqib rayonlarga ajratish yaxshi samara beradi. O‟zbekiston Respublikasida Geografiya fanlar tizimida shu paytga iqtisodiy va tabiiy Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 762 w www.oriens.uz April 2021 jihatdan bir necha marta har xil soha va yo‟nalishlarga oid rayonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Masalan A.Soliyev hududni iqtisodiy mezonlar asosida iqtisodiy rayonlashtirgan (1998yil), T.Djumayev tadqiqotlarida O‟zbekiston tog‟li hududlari ekologik va iqtisodiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan (2004 yil), N.Komilovaning ilmiy ishlarida tibbiy-geografik rayonlashtirishga sos solingan (2012 yil), Z.Tojiyevaning tadqiqotlarida esa demografik rayonlashtirish amalga oshirilgan (2017 yil). Ammo ba‟zi hollarda o‟rganilayotgan hudud yoki uning ayrim qismlari o‟zaro bog‟lanmaydi, yoki bir-biriga o‟xshash xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Bunday holatlarda guruhlarga ajratish va ularni taqqoslash mazkur holat uchun eng qulay yechim sifatida baholanadi. Bunday holat hududiy jihatdan turli tuzilishga ega, iqtisodiy holati ham turlicha shakllangan Farg‟ona viloyati hududlarini turistik jihatdan o‟rganishda ham yaqqol aks etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqot ishida turistik hududlarni rayonlarga ajratish emas, balki guruhlarga ajratish asos sifatida olindi. Turistik guruhlashtirish – bu hududlarni turistik resurslar bilan ta‟minlanganlik darajasi, salohiyati, ularning rivojlanish darajasi, yillik turistik sig‟imi va imkoniyatlari bilan bog‟liq sabablar hamda holatlari bir-biriga o‟xshash hududlarga ajratishdir. Bu kabi guruhlashtirishga odatda hududlardagi ma‟lum bir davrda va shu hududgas xos ko‟rsatkichlar asos qilib olinadi. Bu esa hududni iqtisodiy-ijtimoiy holatini, turistik-rekreatsion vaziyatini baholashda muhim ro‟l o‟ynaydi. Turistik infratuzilmani shakllantirish, uning hududiy rivojlanishi va iqtisodiyotga ta‟sirini o‟rganish, turizmga ta‟sir etuvchi tabiiy-ekologik, iqtisodiy omillarni baholashda teristik-rekreatsion guruhlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Viloyatning o‟ziga xos geografik joylashuvi, reyef xususiyatlari, iqtisodiy holati va aholi joylashuvi o‟ziga xos hududiy tafovutlarni vujudga keltirgan va bu turistik- rekreatsion guruhlarga ajratishda bir muncha noqulayliklarga sabab boladi. Shu sabab viloyat hududini guruhlarga ajratishda turistik resurslar bilan ta‟minlanish darajasi, turistik resurs turlari, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi asosida guruhlarga bo‟lib tadqiq etiladi. Guruhlashtirish o‟z mohiyatiga ko‟ra bir necha xil bo‟lishi mumkin, ya‟ni unda viloyat yoki tuman hududiga yillik tashrif buyuradigan turistlarning umumiy koeffitsienti asosida tuziladi. Guruhlashtirishning foydalanish qulay bo‟lgan turlaridan biri mintaqalarda mavjud ayrim turizm turlari, ularning areallarini aniqlash hisoblanadi. Lekin shuni alohida takidlash zarurki turistik guruhlashtirish juda murakkab bo‟lib, viloyat hududi turistik resurslar bilan bir xil darajada ta‟minlanmaganligi, ba‟zi tumanlarda faqatgina 2-3ta turizm turigina |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling