Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
764
w
www.oriens.uz
April
2021
rivojlanganlik darajasi va turistlarning tashrif ko‟rsatkichlari bo‟yicha alohida ajralib
turadi. Ushbu hududlarda aholi soni ko‟p va xizmat ko‟rsatish,
transport, savdo
yaxshi rivojlangan. Bu hududlar ba‟zi indekslar bo‟yicha viloyatlar
ko‟rsatkichlaridan ham yuqori qiymatga ega. Ammo aholi zichligi, ishlab chiqarish,
xizmat ko‟rsatish va transport tarmoqlarining zich joylashuvi
hududdagi ekologik
vaziyatni hamda shovqinning normal ko‟rsatkichlaridan oshib ketishiga sabab
bo‟lmoqda.
O’rta turistik guruh: Bu guruhga kiruvchi tuman va shaharlar belgilangan
indekslarning ayrimlarida yuqori ko‟rsatkichlarni
namoyon qilsada, asosiy
ko‟rsatkichlarda o‟rtacha natijalarni qayd etmoqda. O‟zbekiston, Oltiariq, Farg‟ona,
Buvayda, Rishton, Toshloq tumanlari hamda Quvasoy shahri ushbu gururhni tashkil
etadi. O‟zbekiston, Farg‟ona va Oltiariq tumanlarida
turistik resurslar yetarli
bo‟lsada, joylashtirish obyektlari- mehmonxona, pansionat,
hotellar va xizmat
ko‟rsatish tarmoqlari juda past ko‟rsatkichlarga ega. Qolgan tumanlarda esa barcha
indekslar o‟rtacha qiymatga ega.
Quyi turistik guruh: Eng ko‟p hududni o‟z ichiga olgan guruh quyi guruh
bo‟lib, bu o‟z navbatida hududlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasi
bilan
ham bevosita bog‟liq.
Bu guruh tarkibiga Beshariq, Dang‟ara, Quva, Qo‟shtepa,
Bog‟dod, Uchko‟prik, So‟x, Yozyovon, Furqat tumanlari kiritildi. Bu hududlarda
turizmning ayrim turlarini yuqori darajada rivojlantirishning imkoni bo‟lsada
(masalan So‟x tog‟li
hududlarida, Yozyovonda Suv omborida ekoturizmni
rivojlantirish) infrastrukturaning rivojlanish darajasi, transport tarmog‟i bilan
bog‟langanlik darajasi yuqori darajada emas.
Do'stlaringiz bilan baham: