Tahririyatga maktub
So’z boshi. Muallif tilidan
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
So’z boshi. Muallif tilidan.
Bu yorug’ olamda inson taqdiri, uning kechayotgan umri, armoni, umidi haqidagi o’y mulohazalardan iborat hikoyalar, asarlar har doim ham dunyoga kelavermaydi. Ushbu sizga havola qilinayotgan inson taqdiri, kechinmalari, va o’y-istaklari bilan yo’g’rilgan hamda taqdir sinovlariga mahkum etilgan insonlar to’g’risidagi hikoyalar to’plamining mazmunlari o’zining ijobiy va ahloqiy, ta’limiy va tarbiyabiy tomonlari bilan kitobxon qalbida chuqur taassurot qoldirishiga shubha yo’q deb o’ylayman. Men ushbu hikoyalar to’plamini tezroq nashr etilishi va ayniqsa kitobxonlar tomonidan sevilib o’qilishini juda-juda istayman. Men mazkur “Qalbimni titratgan ko’z yoshlar” nomli hikoyalar to’plami bilan tanishar ekanman, muallifning har bir hikoyani mohirona tasvirlab berganini, har bir hikoya qahramonlarining kechinmalari, ichki hissiyotlari ustalik bilan ochilganidan benihoya mamnun bo’ldim. Mazkur hikoyadagi tasvirlangan mahbusa hayoti - bir kecha odamlarning panjara ortida kechirgan hayotlaridan haqqoniy tasvirlangan. Bu to’plamim haqiqiy hayotdan siz kitobxonlarni ogohlantirishdir. Shu darajada haqqoniyki, siz bunga qanday qaraysiz bilmayman. Aziz do’stlar! Sizlarni panjara ortidagi hayotga juda qiziqishingizni bilaman. Shu sabab ham yanada shijoatli, nihoyatda e’tiborli bir tarzda o’z ijodimni davom ettirishga harakt qilyapman. Sizlar bilan juda fahrlanaman. Bu to’plamni men 2021-22 yillarda yozganman. Panjara ortida o’tirib buning uchun ko’p mehnat qilishimga, tinimsiz bo’layotgan va bo’lib o’tgan voqealarni oq qog’ozga tushirishimga to’g’ri kelgan. Qayerda bo’lmay, har doim xodimlardan “bu qog’ozlar nima”, “kim ruxsat berdi” degan so’zlar bilan dakki eshitib ushbu hikoyalarni bitganman. Mazkur to’plamni hali kitob texnikasi bilan yaxshi tanish bo’lmagan paytlarimda yozganman. Bu to’plam panjara ortida yozilgan kitob bo’lgani uchun ham oddiy kitob emas. Shuning uchun ham u boshqa kitoblardan farq qiladi. Chunki o’sha paytlarda o’zim ham ma’lum mahbusalar bilan birga panjara ortida hayot kechirganman. Shuning uchun ham to’plamga ko’zim bilan ko’rgan, qulog’im bilan eshitgan, ba’zida o’zim ham ishtirok etgan, voqealarni jamlab to’plamga kiritganman. Ushbu to’plamni o’qigan har bir kitobxonning qalbida yorug’lik inadi, ma’naviyat urug’i sepiladi. Hikoyalarning har bir satrida bir qancha taqdirlar siymosi, insonlarning kechagi va bugungi kuni, kechinmalari, qalb dardi, sog’inch iztiroblari, g’am, alam, anduhlari, pushaymonliklari, ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Siz azizlar turfa xil taqdirlar nolasiga, qismatlariga duch kelasiz. Bu to’plam balki hammaga ham manzur bo’lmasligi mumkin. Biz ilg’amagan kamchiliklarni sezishingiz mumkin. Mazkur kitobni bitishdan muddaomiz esa ularni o’qishga siz azizlarni da’vat qilishdir. Kimki kitoblarni o’ziga do’st tutsa, ularni maslahatgo’y qilsa, o’z yo’lidan adashmaydi. Qur’oni karim sharifli hadislar, donolarning hikmatli so’zlari, naql-maqollar, olimu, shoirlarning bitiklari ham har bir odamning sirdosh do’sti hisoblanadi. Bu sodiq do’st esa sizu, bizni to’g’ri yo’lga boshlaydi, adashtirmaydi. Bu kitob sizning ko’nglingizga o’tirsa, ta’sirlantirsa men qo’limga qalam va dilimga ilhom bergan Allohimga hamdu-sanolar bo’lsin deyman! ….. Keyingi kitoblarim sahifalarida siz bilan g’oyibona diydorlashgunimizcha xayr azizlar. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling