Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet13/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Hikmatnoma
Haddan ortiq tirishish muvaffaqiyatlar yo’lini to’sadi. Irodaning haddan oshiq zo’riqishi esa ishga halaqit beradi.
Har qanday odam o’zini o’zgalardan osonroq kechiradi va aksincha, boshqalarni o’zidan ko’ra tezroq ovutadi.
Insonning ko’ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda oziqlanavermasligi joiz.
Tabiat bugungi kunga va kelajakka ishonch tug’dirish uchun hayot intihosini no’malumlik pardasi ostiga yashirdi.
Inson ayanchli ahvoldan qutulishni chin dildan istasa, albatda, maqsadiga erishadi.
Inson ruhiy kuch-quvvat yordamida erisholmagan narsasiga ba’zan or-nomus kuchu ko’magida erishadi.
Kaltafahm va johil kimsalar deyarli hamma ishni yashirincha bajaradilar.
Franchesko Petrarka.
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o’zungga ko’prakdurur.
Ilmni kim vositayi joh etar.
O’ziniyu xalqni gumroh etar.
O’z vujudinga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o’zungdin istagil.
Xaloyiqqa ko’rma qilib benavo.
O’zingga ravo ko’rmaganni ravo.
Menga ne ishqu, ne oshiq havasdur.
Agar men odam o’lsam, ushbu basdur.
Bordur inson zotida ancha sharaf.
Kim yamon ahloqin etsa, bartaraf.
Xush durur bog’u koinot guli.
Barsadin yaxshiroq hayot guli.
So’zda, Navoiy ne desang chin degil,
Rost navo nag’maga tahsin degil.
Kimniki inson desang, inson emas,
Shaklda- bir, fe’lda - yakson emas.
Adab kichik yoshlig’larin ulug’lar
Duosiga sazovor etar.
Alisher Navoiy
Yangi O’zbekiston
Men seni sevaman toki tirikman,
Har soniya, har onda tan, jonim bilan,
Sevaman toabad iymon-u, e’tiqod bilan,
Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu.
Xalqimiz milliy yuksalish va milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ygan hozirgi kunda barcha ezgu qadriyat va an’analarimiz qatori, Navro’zning ham hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo’lgan yasharish va yangilanish, yaxshilik va bag’rikenglik, tabiatni asrab avaylab, doimo u bilan uyg’un bo’lib yashash kabi o’lmas g’oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning asosiy maqsdai va ma’no-mazmuniga g’oyat hamohangligini ta’kidlash lozim. Yer yuzida shaharlar ko’p. Ko’rki va tarovati, latofati, fayzi hamda jozibasi bilan nom qozongan azim Toshkent shubhasiz dunyo uzra mashhur va betakror shaharlar qatorida turadi. Bugun dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan inqirozlar yuz berayotgan bir paytda biror-bir bino, inshoat, imorat, daha va mavzelar qurish oson kechadigan jarayon emasligi barchaga ayon. Lekin ana shunday sharoitda ham mamlakatimiz Prezidenti ko’plab shaharlarni yangidan qayta qurish xalqimiz hayotini yaxshilash, ular uchun qulaylik va faravonlik yaratish uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Navro’z yangi kun. Jonajon O’zbekistonimiz ham bugun o’z milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam qo’ymoqda. Yangilanayotgan kundan kunga rivojlanib borayotgan yurtimiz azaliy qadriyatlarimiz sarchashmasi - Navro’zni qarshi olmoqda. Bugun har qancha shukronalar aytsak, umrimizning har daqiqasini Vatan taraqqiyoti yo’lida safarbar etsak arziydi. Tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish uni ko’z qorachig’idek asrab avaylash eng muhim burchimiz ekanligini unitishga aslo haqqimiz yo’q. Negaki xotirjam yurtga bayramlar, to’y-tomoshalar, xursandchiliklar yarashadi. Binobarin bugun el-ulus qalbida bunyodkorlik kayfiyati barqarorligi, joylarda yaratuvchanlik yumushlari qizg’in davom etayotgani ham tinchlik sharofatidir. Vatan inson qalbi tubidagi eng aziz bu tuyg’uni shunchaki ehtirossiz takrorlash mumkin emas. Vatan bizning vujudimizga jon ila kirgan, onajonlarimizning ishq nafasi va kechalari aytgan allalari bilan bizga singib ketgan. Vatan bu biz ilk qadam qo’ygan zamindir. Har safar Vatan haqida o’ylaganimda buyuk ajdodlarimizdan Abdurauf Fitratning quyidagi so’zlari beixtiyor yodimga keladi. “Vatan u mening jon-u, tanim sajdagohimdir, u mening to’lin oyim, tinchim, omonim, izzatim, iftixorim ham saodat va gulistonimdir”.
Sening quchog’ingda o’ynadim kuldim,
Topmadim hech kam-u, ko’st seni bag’ringda
O’zingsan ham otam, ham onam do’stim
Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu,
Ajdodlar makoni Ota, yurtimsan.
Temur bobom yashagan yakka iqlimsan,
Dunyo ichra yolg’iz tanho o’zingsan,
Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu,

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling