Tahririyatga maktub


Ayollarni ardoqlagan yurtning kelajagi buyukdir


Download 256.56 Kb.
bet16/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Ayollarni ardoqlagan yurtning kelajagi buyukdir.
Ushbu mavzuda hibsxona rahbari polkovnik B.Kenjaev kameradagi ayol-qizlar bilan suhbat olib borar ekanlar quyidagi so’zlarni aytdilar.
Ko’xna moziydan xabar beruvchi tarix zarvaraqlarini varaqlar ekanmiz, ijtimoiy hayotning hayotning barcha sohalarida erkaklar bilan bir qatorda jasorat sohibalarining nomlarini ham tarannum etib, kelinganligining guvohi bo’lamiz. Ayollar orasida shavqatli hukmdorlar, oqila maslahatgo’ylar, yetuk donishmandlar, zabardast olimalar, suxandon shoiralar va zukko san’atshunoslar yetishib chiqqan. Chunonchi, Torabek xonim, Tumaris, Bibixonim, Nodirabegim, Zulfiya singari ayollarning afsonaviy jasorat-u, qahramonligi, aql zakovati va shijoati, sabr-matonati, tadbirkorligi, ishbilarmonligi, mehr-muruvvatliligi va xalqparvarligi tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozilgan. Shuning uchun ularning nomi avloddan-avlodga o’zbek xalqining fahr-iftixori sifatida o’tib kelmoqda. Al Beruniy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, A.Navoiy, Z.M.Bobur, Ogahiydek olim va shoirlar asarlarida ayollar timsoli rango-rang bo’yoqlar bilan chizildiki, ular yuraklarda muhrlanib qolgan. Darhaqiqat ayollar naqadar aziz va ardoqli mo’jizaviy xilqatdirlar. Zero, yuqorida zikr qilingan fuzaloyu ulamolar, olimlar va shoirlar jahonga mashhur va manzur milliy qahramonlar buyuk sarkardalar, davlat arboblari - ayol ona farzandidirlar. Ular ham qo’shiqlar sultoni Ona allasini tinglab o’sganlar. Demak, ayollar qadr-qimmati bebahodir har qanday tahsin-u hurmatga loyiqdir. Ular bo’lajak barkamol inson tarbiyasi yo’lida beqiyos zahmat chekadilar. Ana shunday bebaho ayollarga tegishli milliy istiqlol sharofati bilan qayta tiklandi. Ko’ngillar farishtasi xonadon chirog’i oila tayanchi bo’lmish, ayol siymosi xalqimiz tasavvurida azal-azaldan ezgulik timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda biz avvalo o’zining nafosati va latofati, onalik mehri, bilam tom ma’noda “Yaratganning tengsiz mo’jizasi” bo’lmish onalarimizni, opa-singillarimizni, ko’zmunchoq qizlarimizni ko’z oldimizga keltiramiz. To’qlikmi, sho’xlikmi, yo’qlikmi, hayotning barcha quvonch-qayg’usini, oqilonalik, sabr bardosh bilan yenga oluvchi kelajak beshigini tebratuvchi ayollarimiz oldida ta’zimda bo’lamiz. Zero ayollar e’zozlangan, sharaflangan yurtda hamisha xotirjamlik bo’ladi. Chunki ayol - bu ona. Ona esa muqaddasdir. Jamiyat ma’nan va jismonan sog’lom hamda baquvvat farzandlari bilangina yanada qudratlidir. Onalarni, ayollarni asrasak, demakki farzandlarni ham asragan bo’lamiz. Siz ayol-qiz mahkumalar ham men yuqorida aytib o’tgan mard ayollarimizdan o’rnak olib o’z to’g’ri yo’lingizni tanlab olishingizda yuqorida aytib o’tgan ayollarimiz hayoti, ijodi sizlarga bir turtki, o’rnak bo’ladi degan umiddaman deya o’z suhbatini yakunlar ekanlar hamma mahkumani ko’zlariga yosh keldi. Bu yurt onalarimiz bosgan izlarining tafti bilan qadrlidir.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling