Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet19/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Suygan gulim alvido!
Mening uchun eng aziz va qadrli bo’lgan
yangajonim Shahargul ning ruhlari
shod bo’lsin. Ushbu she’rimni unga bag’ishladim.

1. Oldimizda parvonam, mehribon yangajonim


Ko’zlarida mehr, ila jovdirar butun tani.
Kun sayin dardidan, so’lib sarg’aygan.
Bor mehrin, quvonchin ulashib ketgan.
2. O, egam mehru, karamingni darig’ tutmagil
Ruhlarin shod etib, tilovat ayla.
Farzandlari kuzatar, so’ngi manziliga
Nogoh Ollohimning chorlovi bilan.
3.Jannat to’rlaridan joy bergil egam,
O’zing rahmat qilgin, ma’rifat ayla,
Muqaddas bobo-yu, momolarim ruhi qo’llasin
Olloh dargohiga yo’l olgan yangam.
4. Tushlarimda, ma’yusgina tilga kiribsiz,
Yo’qlab bir bor kelmading deb xafa bo’libsiz,
Dedingiz: Men qaro tuproqda yotgan gulingizni yod eting.
Intizor ruhim tilovat birla yo’qlab meni shod eting.
5. Qaniydi, shu tobda qabringiz qoshiga bora olsaydim,
Ruhingizni shod aylab, gul chechaklar qo’ysaydim.
Rozi-rizolik so’rab, yana bir bor quchsaydim.
Diydor mahsharga qoldi so’ngan gulim Alvido!
6. Umr insonlarning bir sayohati
Kimdir erta ketar, kimdir ko’p yashar.
Rayon darvozasi sizga ochilib,
Rabbim o’z dargohiga qabul aylagay.

Bugun hamxonamni yolg’iz xonada o’tirib uzoq kutdim. U ertalab tergovga ketgani bilan hanuz qaytmadi. Shu tobda Gulnoraning onasi haqidagi gapirib bergan bir so’zlari esimga tushib ketdi. Ilohim bu dunyoda bolam, odamni odamga zor qilmasin ekan. Haqiqatdan ham bu g’urbatxonada bugun kun bo’yi yolg’iz o’z dardim bilan qolib ketdim. Lekin bir tomondan kunim besamar o’tmadi desam ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki kun bo’yi ijod bilan shug’ullandim. Singlim Shahargul yangamni vafotini aytgach, juda g’ash bo’lib yurgandim. Har kuni yangam haqida o’ylayverib, ko’nglim cho’kdi. Ularning kulib menga qarashlari, kulib qaragan sayin yuzidagi xoli yanada yuz ko’zlariga chiroy qo’shishi, ular chehralaridagi mehrning ufurib turishi, qizlari Nasibaning qay ahvolga tushgani unga qo’shni hovlida yashayotgan hozir u ham og’ir kasallikdan to’shakga mixlangan Erkin opamizning ahvoli bu musibatni eshitib qay ahvolga tushdiykin degan o’y fikrlar butkul miyamni chulg’ab olgan edi. Ahir, yangamning ham bir onadan talashib tushgan opalari ham bedavo dardga chalinganligini yangam vafotidan bir necha oy ilgari eshitib bu ikkala opa-singillarni dardiga shifo ber Ollohim deya duo o’qidim. Yangajonlarim, mehribonlarim, mening suyangan tog’larim edingiz. Biringiz tog’im biringiz bog’im onajonim yaxshi ko’rgan kelinlari edingiz. Kun bo’yi yana ular haqida o’ylayverib Shahargul yangamga atab o’zimning “Suygan gulim Alvido” - nomli she;rimni ko’zlarimda yosh bilan bitdim.tilovatlar keltirdim. Erkinoy yangamga ham umr tiladim. Qayg’urmang mening yaqinlarim. Bilaman hozir shu tobda hammalaring opa-ukalarim, kelinlarim, Shahargul yangam uylarida ularga tilovatlar, duolar oq’ib, ko’z yosh to’kyapsiz. Ularni bir-bir eslayapsiz.


Vijdon azobida qonli ko’z yoshlar.
Allohim, yaratgan oliy mavjudot. - Aziz insonlar, har bir qadamingizni o’ylab bosing, toki mening taqdirim boshingizga tushmasin. Har tong farzandlaringiz peshonasini silab uyqudan uyg’oting. Tinch mustaqil faravon yurtimizda shiringina oila bag’rida yashayotganingizga kunda ming bora shukrona keltiring. Bag’ri keng kechirimli xalqimiz, aka-ukalarim aziz farzandlarim meni kechirarlar lekin men o’ylamay bosgan bir qadamim uchun o’zimni hech qachon kechira olmayman.
Yurt kelajagiga sen ham javobgar,
Farzand o’stirish, kamol toptirish
Xatolardan chiqarib xolis xulosa,
Hali hamon bu ko’zlar ochilmadi-mu.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling