Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet21/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Akajonim sog’indim.
Akajonim mehribonim sizni juda sog’indim,
Bir ko’rishga mushtoqman mehringizni sog’indim.
Yuzingizni dog’ qilib qalbingizni sindirdim.
Uka bo’lib men sizga ko’p tashvishlar keltirdim.
Bu dunyoda hech kimsa aka boshin egmasin,
Qalbiga ozor berib aka ko’z yosh to’kmasin
Diliga ozor berib g’am-anduhlar chekmasin,
Uka bo’lib men sizga ko’p ozorlar keltirdim.
Meni kechiring aka o’z yo’limdan adashdim,
Umr kitobin bitib taqdirimda chalkashdim
Umrim o’tar besamar g’am-alam tashvish bilan,
Uka bo’lib men sizga ko’p anduhlar keltirdim.
Aka boshi egilib, hech qachon xor bo’lmasin,
Do’stu-dushman ichida g’iybatlarga qolmasin,
Uka qo’lida kishan aka aslo ko’rmasin.
Uka bo’lib men sizga ko’p savdolar keltirdim.
Sizni eslasam.
Sog’inch bilan sizni eslasam,
Negadir tabassum qo’nar yuzimga,
Hayot meni chunon sinadi.
Yozishga qalamim ojizlik qilar.
Sizdan mehr ko’rdim akajon,
Ammo o’zim mehr bermadim.
Dardim ortar kun o’tgan sayin,
Qandoq uka bo’ldim bilmadim.
Kecha qayda edim bugun qaydaman,
Bir ma’no topilmas aytgan so’zimdan.
Jaholat domiga botgan bandaman
O’zimni izlayman aka o’zimdan
Hech bir uka xato qilmasin,
Akasini o’ylab kutmasin.
Negadir bugun sizni qumsadim,
Mehribonim eslab yig’ladim.
Yuragim o’rtanar sog’inch dardidan,
Aka qadrin his etdim bugun,
Xizmatida bo’lsaydim doim,
Akajonim eslab yig’ladim.
Mehribonim izlab yig’ladim.
Hechdan ko’ra kech yaxshi.
Assalomu alaykum!
“Vaqt-Время” gazetasi ijodkorlari men gazetangiznihar bir sonini muntazam ravishda o’qib boraman. Ayniqsa “Tazarru” ruknida beriladigan maqolalarni o’qib men kabi mahkumalarning qalbidagi afsus nadomat va pushaymonliklari har birimizning qayg’u va iztiroblarimiz hamohangligidan bexosdan qo’limga qalam olib qalb nolalarimni oq qog’ozga tushira boshlayman.
Qutlug’ bo’lsin 30 yoshing.
Rahnomadir bugun Yurtboshim.
Egilmasin hech ham boshing
Menga imkon ber hayot.
Hurmatli tahririyat!
Meni oq qog’ozga tushirgan yuqoridagi tushunchalarim meni panjara ortida olgan hayotni anglaganlarimning bir parchasi. Aynan shu tushunchalarim meni sizlarga maktub yo’llashga turtki bo’ldi.
O’ylamay bosilgan qadam.
Hayotimda juda katta xatoga qo’l urdim. Sodir etgan qilmishlarimdan vijdonim azoblanmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining o’tgan 30 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko’lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Istiqlol sharofati bilan xalqimiz o’z orzulariga erishdi. Inson yoshi o’tgan sari hayot mazmunini o’ziga ato etilgan ne’matlarni qadrini yana teranroq his qilar va tushunar ekan. Men esa o’z oilam bilan tinch osuda va faravon hayotni qadriga yetmadim. Jaholatim tufayli jinoyatga qo’l urdim. Panjara ortida o’tirgan umrimni sarhisob qilar ekanman sodir etgan jinoyatim uchun afsus nadomatlar chekaman.
“Bilmayin - bosdim tikonni, tortadurman dardini”
“Bilsam edim, bosmas edim, tortmas edim jabrini”
Ushbu satrlar naqadar to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qildim. Har bir inson o’z aybiga iqror bo’lib chin dildan pushaymon bo’lib qilgan jinoyati uchun kechirim so’rasa qalbi orom oladi. Hozir mamlakatimizda bunyodkorlik, obodonchilik, taraqqiyot butun mamlakatni shahar va qishloqlarni birdek qamrab olgan. Ko’rib ko’z quvonadi kishini. Mening niyatim tez orada jamiyatga qaytish, keksaygan otam duolarini olib farzandlarimga onalik qilib ularni Vatan posbonlari qilib tarbiyalashni o’z oldimga maqsad qilib qo’yganman. Tergov hibsxonasida muntazam ravishda o’tkazilayotgan tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy suhbat uchrashuvlar, hibsxona xodimlarining tarbiyaviy samarali ishlari natijasida hayotda yo’l qo’ygan xatoliklarim evaziga bu yerlarga kelib qolganimni anglab yetdim. Bu yo’lda menga bunday jaholatdan qutulish yo’lida ma’rifatgina, hamda yozgan she’rlarimda dardli va alamli kechinmalarim, iztiroblarim haqida yozar ekanman menga shulargina yordam berib o’z yo’limni to’g’ri anglab olishga undadi. Bu borada ayniqsa, hibsxona boshlig’i B.Kenjaevning biz mahkumalar bilan olib borgan suhbatlari samarali bo’ldi. Ayniqsa ularning mahkum va mahkumalar bilan olib borgan haftalik yakka tartibdagi suhbatlari, bizlar uchun kutubxona tashkil qilib undagi kitob va gazetalardan foydalanib o’qib o’zimizga tegishli xulosa chiqarishlarimiz, psixolog xodimlarning biz bilan suhbatlari, malakali mutaxassislarga ega tibbiyot bo’limi hamda bizlar uchun sifatli oziq-ovqatlar yaxshi yo’lga qo’yilgani biz mahkumalarga bo’lgan mehr nishonasidir. To’g’ri xato qilish insonga xos xususiyat, lekin ana shu xatodan tegishli xulosa chiqarib olish juda muhimdir. Men uchun berilgan jazo muddati tegishli xulosa chiqarib olishimga imkoniyat berdi. Shuning uchun ham xalqimizda “Vaqt - oliy hakam” deb bejiz aytishmagan. Bu borada xodimlarning tushuntirish ishlari menga amaliy yordam bo’ldi. Yomonlikni yaxshilik bilan, yolg’onni to’g’ri so’z bilan yengishga o’rgandim. Ozodlikga chiqqanimda ham Vatanimga kerakli inson bo’lishga urinyapman. Bu borada esa yana bir marta bizga to’g’ri yo’lni ko’rsatib sidqidildan xizmat qilayotgan va bizni qaytadan jamiyatga yaxshi inson qilib tarbiyalayotgan hibsxona boshlig’i B.Kenjaevga hamda tarbiyachi zobitlarimizga ham chuqur minnatdorchilik bildiraman. Boshqalarni ham o’z xatolarini anglab olishga chaqirmoqdaman. Bundan ko’zlagan maqsadim esa hamma men kabi adashgan insonlar hayotga yorug’ yuz bilan qarab, o’z qarashlarini o’zgartirsalar ota-onalari, va farzandlari oilalari bag’riga qaytishga intilsalar deyman.
Men avvalombor muhtaram Yurtboshimdan va xalqimdan chin ko’ngildan pushaymon bo’lib kechirim so’rayman. Kelgusida aziz ona vatanimiz el yurtim ravnaqi uchun bor kuch va g’ayratimni sarflab xizmat qilishga oilam va bolalarimni vatanimiz posbonlari qilib tarbiyalashga, yaxshi oqila ona bo’lishga va shu orqali menga bildirilgan ishonchni oqlashga so’z beraman. Shu bilan birga men kabi mahkumalarga ham ezgu maqsadlar tomon g’ayrat shijoatlarini ayamasliklariga chorlab qolaman.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling