Tahririyatga maktub


Mehr- oqibat va hamjihatlik


Download 256.56 Kb.
bet22/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Mehr- oqibat va hamjihatlik.
Mehr nima? Mehr bu topib bo’lmas matomi?
Odamlarga aytib bo’lmas, ichidagi xatomi
Mehr asli ona so’zi, Otajonim duosi.
Mehr nima? Mehr bu bulbullarning navosi,
Mehr nima? Aytay sizga, mehr oftob nuridir.
Yuraklarning sof orzusi, topib bo’lmas duridir.
Shunday ekan, azizlarim, mehr izlang har onda.
Mehr bilan katta bo’lsa, xato qilmas hech banda.
Keksalarni huquqlarini hurmat qilaylik.
“Hayot 40 yoshdan keyin boshlanadi” degan haqqoniy hikmatni hammamiz eshitganmiz. Biroq 70 yoshdan keyin nima bo’ladi? Biz bobolarimizni choyxonaga kuzatib qo’yamiz, buvilar nabiralariga qarash bilan ovora bo’lib qolishadi. Go’yoki ularning murod-maqsadlariga xotima yasaladi. Go’yo ularning kelajagi yo’qday. Ularning orzusi faqatgina nafaqaga chiqish va bizning muammolarimizni yechishga ko’maklashish. Ahir ularning ham o’z hayotlari bor-ku?! degan so’zlarni qaysidir bir jurnaldan o’qigan edim. 100 yoshga qadam qo’yayotgan munis otajonim bosib o’tgan umrlarini eslasam, ko’zimga yum-yum yosh keladi. Qancha yillar mobaynida o’qituvchi bo’lib xalq xizmatida yurgan otajonim el ardog’ida, bo’lsa-yu, men tuqqan qizi bo’la turib, ularni xizmatida bo’lish o’rniga, ardoqlab duolarini olish o’rniga bu panjara ortida o’tirish har bir ayol uchun ham og’ir zarba bo’lsa, kerak deb o’ylayman. Mehrni hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydi uning bu hayotda chegarasi, o’lchami yo’q. Har bir inson qariydi. Bir kun kelib biz ham qachondir ularning o’rnini egallaymiz. Bizning ham bo’sh vaqtimiz ko’p, ammo umumiy vaqtimiz kam qolgan bo’ladi. Qaddimiz sal bukiladi, nevaralarimiz tug’iladi, pensiya olamiz. Bu haqda hozircha faqat kinoya va achinish bilan gapiramiz. Biz ham qariymiz va balki shunda qarilik va yoshlik hayot deb ataluvchi zanjirning tarkibiy qismi ekanligini tushunib olarmiz. Hayotda esa har doim kelajakga umid bo’ladi. Keksalarga ularning mo’tabar yoshlarida hayotga moslashib olishlariga yordam berish bizning burchimiz. Bir necha yillardan keyin o’zimiz ham qartayishimizni biroz parishonxotir biroz himoyasiz va yordamga muhtoj bo’lib qolishimizni o’ylasak, ularni tushunishimiz yanada oson bo’ladi.
Bolalar boshini asta silaysiz,
Shirinlik ulashib ko’nglin siylaysiz,
Duoga qo’l ochib baxtlar tilaysiz,
O’zbegim ko’rkisiz, aziz keksalar.
Birdan bir bitmas yara - vijdon yarasidir, “Yomon ishning, eng mahfiy guvohi vijdoningizdir!”
Publis Sayris.
Mehr- muhabbat.
Mehr nima? Mehr bu topib bo’lmas matomi?
Odamlarga aytib bo’lmas, ichidagi xatomi
Mehr asli ona so’zi, Otajonim duosi.
Mehr nima? Mehr bu bulbullarning navosi,
Mehribonlik bu Alloh taoloning sifatlaridan. Uni biz ojiz bandalarga ne’mat qilib bergan ekan, uni arzimas baholamaylik. Zero, bir qatra mehrning qiymatiga bu dunyo ham arzimaydi azizlar.
Bir kun kelib, boqar bizga ham taqdir,
Sendan uzoqlashmoq men uchun og’ir,
Unitma so’zlarni eslab qol bolam,
Men seni sog’indim, sog’indim bolam.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling